1. Gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish bu:
А) ikkita spermiyning bitta tuxum hujayra bilan qo‘shilishi
В) ikkita diploid hujayralarning qo‘shilishi
С) bir spermiyning tuxum va ikkinchi spermiyning markaziy hujayra bilan qo‘shilishi
D) bitta spermiyning tuxum va ikkita spermiyning markaziy hujayra bilan qo‘shilishi
2. Dengiz karami dengiz likopchasidan farq qilib…
а) tayyor organik birikmalar bilan oziqlanadi
b) yorug‘lik ta’sirida anorganik birikmalardan organik birikmalarni hosil qiladi
v) xlorofillga ega
g) asosiy – assimliatsion to‘qimaga ega
d) hosil qiluvchi to‘qimaga ega
А) b, g, d В) а, v, g С) b, v, g D) g, d, a
3. Biopolimerlarga mansub organik birikmalarni aniqlang.
1) oqsil 2) lipid 3) polisaxarid 4) ATF 5) nuklein kislota 6) yog‘ kislota
А) 1, 3, 5 В) 2, 4, 6 С) 1, 2, 5 D) 3, 4, 5
4. Ildizga xos xususiyatlarni aniqlang.
а) barg hosil qilmaydi
b) karbonat angidridning yutilishini va kislorodning ajralishini ta`minlaydi
v) fotosintezni amalga oshiradi
g) o‘simlikni tuproqqa biriktrib turadi
d) suv va mineral moddalarni shimadi
е) nafas olishda ishtirok etadi
А) а, g, d В) а, v, d С) v, g, d D) v, d, е
5. Qo‘ng‘irboshning ildiz tizimini tashkil etuvchi ildiz turlarini aniqlang:
А) qo‘shimcha B) faqat yon ildizlar С) asosiy D) ildizpoya
6. Olma qanday kurtakda hosil bo‘ladi?
А) vegetativ В) generativ С) qo‘shimcha D) vegetativ va generativ
7. Qaysi jarayon o‘simlikning suv bug‘latishiga bog‘liq emas:
А) o‘simlikning qizb ketishdan himoyalanishi
В) o‘simlikda suv harakati
С) o‘simlikda mineral tuzlar harakati
D) o‘simlikda organik moddalar harakati
8. Piyozbosh – bu?
А) ildizpoya B) ildizmeva С) ho‘l meva D) novda
9. To‘garak chuvalchanglardan farq qilib halqasimon chuvalchanglarda… rivojlangan:
А) hazm sistemasi; В) ayirish sistemasi; С) qon aylanish; D) nerv sistemasi.
10. Hashorotlarning qanotlari tananing qaysi bo‘limida joylashgan?
А) ko‘krak va qorin В) ko‘krak С) bosh ko‘krak va qorin D) bosh ko‘krak.
11. To‘rt kamerali yurakka ega hayvonni aniqlang.
А) salamandra В) alligator С) dengiz toshbaqasi D) gekkon
12. Qon aylanish sistemasining murakkablashib borishi bo‘yicha ketma – ket joylashtirilgan hayvonlar qatorini aniqlang.
А) baqa – tovushqon – gavial – dengiz tulkisi;
В) skat – triton – alligator – tovushqon;
С) akula – gavial– baqa– tovushqon;
D) alligator– akula– baqa– ko‘rshapalak.
13. Prokariot organizmni aniqlang.
А) yashil evglena. В) nitella С) laminariya D) ossilatoriya.
14. Halqasimon DNKga ega organizmni aniqlang.
А) qo‘zidumba; В) gommoz qo‘zg‘atuvchisi;
С) leyshmaniya qo‘zg‘atuvchisi; D) parpi.
15. Mitoxondriyaning funksiyasini aniqlang.
А) organik moddalarni oksidlash В) uglevodlarni sintezlash
С) organik moddalarni zahiralash D) kraxmal va glikogenni parchalash.
16. Fotosintez jarayonida kislorod qaysi moddadan ajraladi?
А) ATF В) glyukoza С) suv D) karbonat angidrid.
17. Hazm qilish jarayonida oqsillar qaysi moddalarga parchalanadi?
А) glitserin; В) yog‘ kislota; С) monosaxarid; D) aminokislota.
18. O‘simliklarni ularga xos meva turlari bilan juftlang.
А. Rezavor 1) Kartoshka
B. Yong‘oq 2) Loviya
C. Qo‘zoq 3) Pomidor
D. Dukkak 4) Bodom
5) Akatsiya
6) Qurttana
19. O‘simliklarni ularga xos barg turlari bilan juftlang.
А. Oddiy barg. 1) no‘xat
B. Murakkab barg. 2) g‘o‘za
3) sebarga
4) qoqio‘t
5) yantoq
20. O‘simliklarni ularga xos to‘pgul turlari bilan juftlang.
А. Soyabon. 1) Nastarin
B. Shingil. 2) Kungaboqar
C. Savatcha. 3) Qashqarbeda
4) Ukrop
5) Kartoshkagul
21. Ko‘zning qismlari orqali yorug‘lik qanday ketma – ketlikda o‘tadi?
1) to‘rparda
2) gavhar
3) shoxparda
4) shishasimon tana
5) ko‘z ichi suyuqligi
6) qorachiq
22. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang.
1. Odamda epiteliy to‘qimasi himoya, hazm qilish va gumoral boshqarishda ishtirok etadi.
2. IV qon guruhli odamlar qonida agglyutinigen A va agglyutinin beta bo‘ladi.
3. Tobulg‘i, olma, xolmon, olgining gullari murakkab gulqo‘rg‘onli.
4. Shartli refleksni yuzaga chiqaradigan shartli signal haddan tashqari kuchli bo‘lsa shartli so‘nish tormozlanishi sodir bo‘ladi.
5. Zamburug‘larning hujayra qobig‘I polisaxariddan iborat.
23. O‘simlik bo‘limlari va ularga xos xususiyatlarni juftlang.
Xususiyatlar | O‘simlik bo‘limlari |
А) to‘qima va organlar rivojlanmagan | 1. Yo‘sinlar |
В) gametofiti mustaqil organizm | 2. Qirqquloqlar |
С) sporofiti gametofitda hosil bo‘ladi | 3. Suvo‘tlar |
D) tugunchadan meva hosil qiladi | 4. Ochiq urug‘lilar |
Е) urug‘lanishi suv bilan bog‘liq bo‘lmagan gullamaydigan o‘simlik | 5. Yopiq urug‘lilar |
24. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang va tegishli raqamlarni ketma – ket yozing. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning quruqlikda yashashga moslanishi …. mavjudligi bilan bo‘g‘liq?
1) oldingi va orqa oyoqlar
2) tashqi urug‘lanish
3) doimiy tana harorati
4) o‘pkalar
5) nog‘ora parda
6) aralash qon
25. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang va tegishli raqamlarni ketma – ket yozing.
1) Bakteriyalar bir hujayrali eukariot organizmlardir.
2) Bakteriyalar shakliga ko‘ra kokklar, batsillalar, spirillalar, vibrionlarga bo‘linadi.
3) Barcha bakteriyalar parazit hayot kechiradi.
4) Bakteriyalar jinssiz ikkiga bo‘linib ko‘payadi.
5) Bakteriyalar odamlarda sil, qoqshol, quturish kabi kasalliklarni qo‘zg‘atadi.