Biologiya fanidan fan olimpiadasi 2017 test savoli 2-variant
02.10.2017
Geografiya fanidan fan olimpiadasi 2017 test savollari
02.10.2017
Show all

Geografiya fanidan fan olimpiadasi 2017 test savollari

1-variant

1. Qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirish  va uni is’temolchiga yetkazib berish jarayoniga aloqador barcha tarmoqlar  uyg‘unligi qanday ataladi?

A) Agrosanoat majmuasi    B) Intensiv  xo‘jalik    C) Agrotexnika xo‘jaligi     D) Agrotexnika birlashmasi

 

2. Mamlakatimizda irrigatsiya mashinasozligining markazi qaysi shahar hisoblanadi?

A) Yanguyo‘l      B) Chirchiq       C) Samarqand        D) Andijon

 

3. Akkumlatorlar va elektor kabellari ishlab chiqarishda asosan qaysi rangli metaldan foydalaniladi?

A) Qo‘rg‘oshindan     B) Qalayidan        C) Nikeldan          D) Volframdan

 

4. Mamlakatimizdagi qaysi shaharlarda superfosfat og‘it ishlab chiqaruvchi korxonalar barpo etilgan?

A) Bekobod va Angrenda   B) Guliston va Jizzaxda  C) Qo‘qon va Samarqandda   D) Qarshi va Termizda

 

5. Mamlakatimiz yalpi sanoat mahsuloti hajmida elektroenergetika sanoatining salmog‘i necha %dan ortadi?

A) 3 %               B) 5 %          C) 7 %             D) 10 %

 

6. 1 kg qo‘ng‘ir  ko‘mir yonganda qancha kilokalloriya issiqlik beradi?

A) 7000 k. kal         B) 3100 k. kal           C) 3400 k. kal         D) 2500 k. kal

 

7. Bu yo‘lda muayyan vaqt taraqqiyot ta’minlansada, uning jiddiy salbiy oqibatlari ham bo‘ladi. Bu qanday yo‘l?

A) Intensiv yo‘l     B) Bozor iqtisodiyoti yo‘li   C) Yashil inqilob yo‘li       D) Ekstensiv yo‘l

 

8. O‘zbekistondagi qaysi vodiy atrofidagi tog‘larda o‘tga chidamli loy, ko‘mir, mis va oltin konlari aniqlangan?

A) Farg‘ona vodiysi   B) Ohangaron vodiysi  C) Qashqadaryo voddiysi     D) Surxon- Sherobod vodiysi

 

9. Sholi ko‘p ekiladigan hududlarni aniqlang.

A) Xorazm, Buxoro, Toshkent vil, Qashqadaryo, Farg‘ona vodiylarida

B) Xorazm, Jizzax, Toshkent vil, Qoraqalpog‘iston R, Surxon, Farg‘ona vodiylarida

C) Xorazm, Qoraqalpog‘iston R, Toshkent vili, Zarafshon va Farg‘ona vodiylarida

D) Xorazm, Navoiy, Toshkent vil, Sangzor va Zarafshon vodiylarida

 

10. Mamlakatimizda eng yirik go‘sht kombinatlari qaysi  shaharlarda joylashgan?

A) Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, va Ohangaron shaharlarida

B) Toshkent, Samarqand, Termiz, Jizzax,  va Yangiyo‘l shaharlarida

C) Toshkent, Buxoro, Guliston, Denov, va Qarshi shaharlarida

D) Toshkent, Urganch, Kogon, Shahrisabz va Navoiy shaharlarida

 

11. O‘rta Yevropada joylashgan tog‘ni aniqlang.

A) Karpat   B) Alp   C) Tibesti  D) Pireney

 

12. Bir vaqitning o‘zida ikki yoki uch davlatni o‘zida birlashtirgan orollarni ko‘rsating.

1. Shiri-Lanka.   2. Timor.  3. Yava.   4. Kalimantan.  5. Yangi Gvineya.  6.Yangi Zelandiya.

А) 3, 4, 6.     В)  1, 3, 5.    С)  2, 4, 5.    D) 1, 2, 6.

 

13. O‘rtasidan  bosh  meridian  o‘tgan soat mintaqasi nechanchi  mintaqa deb qabul qilingan.

A) 6-mintaqa     B) 12-mintaqa       C) 18-mintaqa      D) 24-mintaqa

 

14. Mug‘ojar va Ulug‘tov tog‘lari orasida joylashgan plato nomini toping.

A) To‘rg‘ay          B) Qorako‘l              C) Ustyurt                 D) Ohangaron

 

15. Siklonlar qaysi faslda O‘rta Osiyo iqlimiga ko‘proq  ta’sir ko‘rsatadi?

A) Yozda       B) Qishda      C) Bahorda        D) Kuzda

 

16. Quyidagilardan  tog‘ quruq  cho‘llarida yashovchi  hayvonlar  guruhi ko‘rsatilgan variantni toping.

A) Tulki, bo‘ri, jayron, sirtlon             B) Arxar, qoplon, kiyik, ayiq

C) To‘ng‘iz, bug‘u, sayg‘oq, kulon      D) Oqquyruq, marxo‘r, jayron, kulon

 

17. Ustyurt o‘lkasidagi yillik yog‘in miqdorining 26 % qismi qaysi faslga tog‘ri keladi?

A) Yozga        B) Kuzga  C) Qishga       D) Bahorga

 

Javobi yoziladigan test:

18. Agar o‘rmon qishloqdan shimoli- sharqda joylashgan bo‘lsa, o‘rmonga sayr uchun chiqqan o‘quvchilar uyga qaysi yo‘nalishda qaytib keladilar?

Javob:_____________________________________________________________________

 

19. Miloddan avvalgi VII-Vasrlarda Zarafshon vodiysida qanday davlat bo‘lgan?

Javob:_____________________________________________________________________

 

20. 1:100 000 sonli masshtabni nomli masshtabga aylantirib, km da ifodalang.

Javob:_____________________________________________________________________

21. Qaysi kanal Urganch shahrini o‘rtasidan kesib o‘tgan?

Javob:_____________________________________________________________________

22. Surxondaryo viloyatining qaysi shahrida neft sanoati korxonasi mavjud?

Javob:_____________________________________________________________________

23.Barometrdagi simob har 100 m balandlikka  ko‘tarilganda qanchaga pasayadi?

Javob:_____________________________________________________________________

24. Qaysi erada  yosh tog‘lar iqlim mintaqalari, tabiat zonalari, odam paydo bo‘lgan?

Javob:_____________________________________________________________________

25. O‘rta Osiyo va Kavkaz geografiyasi haqida kim asar yozgan?

Javob:_____________________________________________________________________

 

uz_UZUzbek