1. Qaysi bir tasvir berilgan predmetning chapdan ko‘rinishi bo‘lishi mumkin?
2. Boltning kalit tushadigan o‘lchami qayerdan olinadi?
A) Kallak balandligidan B) Sterjen uzunligidan
C) Tashqi chizilgan aylana diametridan D) Rezba uzunligidan
3. Yupqa devorli detallar qirqimda qanday tasvirlanadi?
A) Yupqa devorli B) Shtrixlanmasdan C) Shtrixlanib D) Tasvirlanmaydi
4. Ustiga qo‘yilgan simmetrikmas detallar qanday belgilanadi?
A) Harf va strelka bilan B) Belgilanmaydi
C) Uzuq chiziq va harf bilan D) Uzuq chiziq va strelka bilan
5. A (x=30, y=10, z=0), B (x=10, y=30, z=0) to‘g‘ri chiziq kesmasining fazodagi vaziyatini aniqlang.
A) V ga parallel B) V ga perpendikulyar
C) W ga parallel D) H da joylashgan
6. Parallelepiped tasvirini toping.
7. Qirqimning qaysi turi qo‘llanilgan?
A) Frontal
B) Gorizontal
C) Profil
D) Mahalliy
8. Qaysi chizmada tutashma to‘g‘ri bajarilgan?
9. Tutashmaydigan tekisliklarni … deb ataladi.
A) parallel bo‘lmagan tekisliklar B) perpendikulyar tekisliklar
C) o‘zaro perpendikulyar tekisliklar D) o‘zaro parallel tekisliklar
10. A (x=30, y=0, z=10), B (x=0, y=0, z=30) to‘g‘ri chiziq kesmasining fazodagi vaziyatini aniqlang.
A) H ga parallel B) H da joylashgan
C) W ga parallel D) V da joylashgan
11. Qaysi bir tasvir berilgan predmetning chapdan ko‘rinishi bo‘lishi mumkin?
12. Standartda qaysi shrift belgilanmagan?
A) 40 B) 22 C) 10 D) 14
13. A (x=10, y=20, z=0), B (x=20, y=20, z=30) to‘g‘ri chiziq kesmasi fazoda qanday joylashgan?
A) V ga perpendikulyar B) H ga perpendikulyar
C) W ga perpendikulyar D) H ga qiya
14. Chizmachilikda qaysi oktantdagi tasvirlarni o‘rganiladi?
A) Birinchi B) Ikkinchi C) To‘rtinchi D) Sakkizinchi
15. Qo‘shimcha ko‘rinishlar chizmaning qayeriga chiziladi?
A) Bosh ko‘rinishning ostiga B) Chapdan ko‘rinish o‘rniga
C) Ikki ko‘rinish orasiga D) Istalgan joyga
16. Quyidagilardan qaysi biri murakkab qirqim hisoblanadi?
A) Mahalliy qirqim B) Chorak qirqim C) Siniq qirqim D) Og‘ma qirqim
17. Piramidaning qaysi qirralari V ga o‘zining haqiqiy kattaligida tasvirlangan?
A) AS va BS
B) AS va CS
C) BS va CS
D) Faqat AS
18. Konusni asosiga parallel bo‘lgan tekislik bilan kesilganda __________________ hosil bo’ladi.
19. X va Z koordinata o‘qlari bilan chegaralangan proyeksiya tekisligi ______________ deyiladi.
20. Markaziy proyeksiyalashni ba’zida _______________________ deb yuritiladi.
21. Uchta nuqta orqali _______ aylana o‘tkazish mumkin.
22. X va Y koordinata o‘qlari bilan chegaralangan proyeksiya tekisligi ______________ deyiladi.
23. Detalning chapdan ko‘rinishida _______________________ qirqim qollash lozim .
24. Agar kesuvchi tekislik V tekislikka parallel bo‘lsa, u holda qirqim ________________ deb ataladi.
25. Detalning qalinlik o‘lchami soni oldiga ________ qo‘yiladi.