9-sinf Chizmachilik I variant Fan olimpiadasi 2017-yil
06.10.2017
Черчение 1-вариант олимпиада 2017
07.10.2017
Show all

9-sinf Chizmachilik 2-variant Fan olimpiadasi 2017-yil

Chizmachilik II variant

1. Detalning A yo‘nalishiga mos proyeksiyasini toping.

2. Agar buyum simmetrik bo‘lsa … yo‘l qo‘yiladi.
A) To‘liq qirqim B) Siniq C) murakkab
D) Ko‘rinishning yarmini qirqimning yarmi bilan birlashtirishga

3. Mahalliy qirqim to‘g‘ri bajarilgan chizmani toping.

4. Qaysi chizmada rezba standart talabiga muvofiq to‘g‘ri tasvirlangan?

5. Qanday hollarda qirqim belgilanmaydi?
A) Agar kesuvchi tekislik simmetriya tekisligi bilan ustma-ust tushmasa
B) Agar kesuvchi tekislik simmetriya tekisligi bilan ustma-ust tushsa
C) Agar qirqim proyeksion bog‘lanishda joylashmagan bo‘lsa
D) Agar qirqim chizmani murakkablashtirish qo‘llanilgan bo‘lsa

6. Binoning olddan ko‘rinishi … deyiladi.
A) Torets fasadi B) Binoning plani C) Bosh fasad D) Yon fasad

7. Yig‘ish chizmasida yonma-yon detallar … shtrixlanadi.
A) Bir tomonlama yo‘nalishda B) Har tomonlama yo‘nalishda
C) Shtrixlanmaydi D) Bilmayman

8. Qaysi chizmada kesim yuzini izometriyada shtrixlash to‘g‘ri bajarilgan?

9. A (x=10, y=10, z=10), B (x=10, y=30, z=30) to‘g‘ri chiziq kesmasi fazoda qanday joylashgan?
A) V ga perpendikulyar B) H ga parallel
C) W ga parallel D) V ga qiya

10. Qaysi hizmada konusni tekislik bilan kesilganda ellips hosil bo‘ladi?

11. Agar o‘lcham chizig‘i vertikal o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda o‘lcham soni qayerga qo‘yiladi?
A) O‘ng tomonga B) Chap tomonga C) Tepaga D) Pastga

12. Agar uzunlik 100 mm va masshtab 1:2 bilan ifodalangan bo‘lsa, u holda o‘lcham chizig‘ida buyumning qaysi uzunligi qo‘yiladi?
A) 50 mm B) 200 mm C) 150 mm D) 100 mm

13. Qaysi format eng kichigi hisoblanadi?
A) A1 B) A2 C) AЗ D) A4

14. Qaysi tasvirda gayka ifodalangan?

15. Jismning ko‘rinish va qirqimini birlashtirib tasvirlashda qirqim quyidagicha tasvirlanadi:
A) Simmetriya o‘qiga nisbatan o‘ngda B) Simmetriya o‘qiga nisbatan chapda
C) Xohlagan tomonda D) Alohida

16. Konusning asosi … hisoblanadi.
A) uchburchaklik B) beshburchaklik C) kvadrat D) aylana

17. Na frontal, na gorizontal, na profil proyeksiyalat tekisliklariga parallel bo‘lmagan to‘g‘ri chiziq kesmasi qanday ataladi?
A) To‘g‘ri chiziq B) To‘g‘ri tushuvchi chiziq
C) Umumiy holatdagi to‘g‘ri chiziq D) Profil proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziq

18. W tekislikka parallel bo‘lgan kesuvchi tekislik yordamida hosil qilingan qirqim _________ deyiladi.

19. Ko‘rinishlar _______________________________ tasvirlanadi.

20. To‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya _______ burchak ostidagi o‘qlar bo‘yicha yasaladi.

21. Agar simmetriya o‘qi bilan kontur chiziq ustma-ust tushib qolsa, u holda ko‘rinishning qismi bilan qirqimning qismi _________________________ bilan agratiladi.

22. Teng yoqli uchburchakli piramida uchi orqali o‘tuvchi tekisliklik bilan kesilsa, __________________ shakl hosil bo‘lad.

23. Y va Z koordinata o‘qlari bilan chegaralangan proyeksiya tekisligi ______________ deyiladi.

24. To‘g‘ri doiraviy silindr o‘qi sfera markazi orqali o‘tsa, ular kesishgan joyda _________ hosil bo‘ladi.

25. Parallel o‘lcham chiziqlari orasidagi masofa ______________________ bo‘lishi kerak.

 

uz_UZUzbek