Dars ishlanma uchun annotatsiya Taqdim etilayotgan ushbu dars ishlanmasi 2-sinf o‘qish fanining 1 soatlik darsidan namuna bo‘lib ushbu dars ishlanmasida 45 minutlik dars bosqichma – bosqich olib borilgan. Dars jarayoni jihozlangan fan xonasida o‘tiladi. O‘qish fanini yoki ta’lim jarayonining qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatiga yo‘naltirish asosida tashkil etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ilg‘or pedagogik texnologiya asosida “Kichik guruhlarda ishlash”, “Bahs – munozara”, “Boshqotirma”, “Og‘zaki savol – javob”, “Tez javob”, “Ma’nosini kim chaqdi”, “Test” kabi qator didaktik o‘yin va usullarni qo‘llab, yaxshi natija berishini o‘z o‘qituvchilik faoliyatimda sinadim. O‘qish fanida “Uch o‘g‘il (ertak)” mavzusiga oid doir tushuncha va misollar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar axtaradi va ularni o‘rganadi. Do‘stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi shakllanadi. Kichik guruhlarda ishlash esa nutqini va ilmiy dunyoqarashini oshiradi. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ta’lim sifatini yanada oshiradi. Ma’ruza darslarida mavzuga doir asosiy tushunchalarni o‘quvchilarga to‘laqonli darajada yetkazish va didaktik o‘yinlar bilan boyitish maqsadga muvofiq. O‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilish dars samaradorligini ko‘rsatadi.