1. «Davlat tili» deganda nimani tushuniladi?
a) Bir davlat hududida asosiy aloqa-aralashuv vositasi bo’lgan til tushuniladi.
b) Davlatning barcha hujjatlari shu tilda yoziladi. c)Yig’inlar, anjumanlar shu tilda olib boriladi d)O’zbekistonda Davlat tili o’zbek tilidir e) a,b,c javoblardagi fikrlar tushuniladi 2. «O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir» degan so’zlar qayerda yozilgan? a) O’Rning «Davlat tili» haqidagi Qonunning 1-moddasida. b) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida. c) O’R Vazirlar Mahkamasining Qarorida. d) a va b j t e) a,b va c javoblar to’g’ri.
3 .O’zbek xalqi va uning tarixiga mansub bo’lgan eng katta qadimgi yodgorlik qaysi? a)Yusuf Xos Hojib. «Qudatg’u bilig» dostoni. b)Ahmad Yugnakiy.«Hibatul haqoyiq» dostoni c) Qutb Xorazmiy. «Xusrav va Shirin» dostoni. d) Burxoniddin Rabg’uziy. «Qissasul anbiyo» dostoni. e) Komil Xorazmiy. «Muhabbatnoma» dostoni.
4. Berilgan gaplarda ajratilgan so’zlarning ma’nodoshlari qaysi qatorda noto’gri almashtirilgan? a) Sinfdoshlar yoz bo’yi ko’risha olmadilar (uchrasha olmadilar). b)Rahimaoy tog’asinikiga jo’nab ketdi (bordi) c) U chevar yangasidan tikuvchilikni o’rganmoqchi (hunar). d) Salimjon ham yoz bo’yi band edi (bo’shamadi). e) U otasidan duradgorchilik sirlarini o’rganishni niyat qilgan edi (maqsad).
5. Qo’shimchadosh so’zlar qatorini belgilang.
a) paxta, paxtalik, paxtazor; b)ijod, ijodiy, ijodkor; c)paxtakor, tajribakor, bunyodkor; d)sholikor, lolazor, suvchi; e)do’stlik, charxchi, suvoqchilik.
6. O’zakdosh so’zlar qatorini toping.
a) bog’, tog’, o’tloq; b)maysa, suv, havo c)korxona,ishxona,oshxxona; d) bog’, bog’bon, bog’dorchilik; e) yot, ot, qot, soch.
7. Tikuvchilikka oid uyadosh so’zlarni belgilang.
a) tikuvchi, chevar, hunarmand; b)igna, ip, andoza;
c)tikuv, tikuvchilik, tikuvchi; d)oshxona, oshpaz, osh tuzi; e)tosh, tosh yo’l, tosh devor. 8. Quyidagi tuyuqdan «tut» so’zining ma’nosi noto’g’ri izohlangan qatorni toping. Xo’p shifobaxsh doridir lazzatli tut, Bu qadim hikmat erur yodingda tut. Gar dilingda zarra bo’lsa ishtiyoq, Tut ekib, tut o’stirish yo’lini tut.
a)Xo’p shifobaxsh doridir lazzatli tut (tut mevasi). b)Bu qadim hikmat erur yodingda tut (saqla). c)Gar dilingda zarra bo’lsa ishtiyoq, Tut ekib (daraxt) d) tut o’stirish (ko’chat).
9.. O’z ma’nosida qo’llangan so’z birikmasini belgilang.
a) Ona-Vatan, oltin beshik. b) Zumrad ko’zli uzuk s)qalbim bahori. d)adabiyotga sayohat. e)she’riy chaman.
10. Iboralar berilgan qatorni toping.
a) adolat shamoli, malomat toshi; b)safga tizil, haqqing bordir; c)qo’lga yalov olish; d)yelkasiga oftob tegdi; e) qadamini tezlatdi.
11.Qo’shimchasi faqat o’zakka qo’shilgan so’zlar qatorini toping.
a) bog’, bog’da, bog’bonga; b) bog’dorlar, bog’dorchilik; c)bog’im, bog’larim, bog’cha; d)bog’lar, bog’dorlar, bog’imiz; e)bog’dagi, bog’bonimiz, bog’ga.
12. Tub fe’llar qatorini toping.
a) olmoq, so’rmoq, quchmoq; b) boshlamoq, qoraymoq, yurmoq; c) tashlamoq, ko’karmoq, kirmoq; d)quchoqlamoq, odimlamoq, turmoq; e)yugurmoq, sug’urmoq, mixlamoq. 13.Qo’shma fe’l ishtirok etgan gapni toping.
a) Uning mol-dunyosiga uchdi. b) Arizani o’qituvchiga berdi. c) Ilm-ma’rifatga intildi.
d) Mehnat qilib, rohatini ko’rmadi. e)U dugonasidan xursand bo’ldi.
14. Harakatni ifodalagan fe’l qo’llangan gapni toping.
a)Mushukcha oftobda miriqib uxladi. b)Biz xushxabardan hayajonlandik. c)Dilnavoz rasm chizdi. d)Dangasalar o’z ishlaridan uyaldilar. e)O’quvchilar yangilikdan quvondilar.
15. Quyidagi fe’llarda o’timli yoki o’timsiz fe’llar tahlilining xatosini toping.
a) Anvar javobni o’qib zavqlandi. (A.Qod.) (o’timsiz) b)Botirlar xalqning xotirasida hamisha yashayajaklar.(o’timli) c) Binoning keng va og’ir eshigi ochildi. (o’timsiz) d) Men elimning yuragida yashayman. (H.O.) (o’timsiz) e) Sayyora kecha bolalar bilan bo’lgan uchrashuvni gapirib berdi. (O.Y.) (o’timsiz)
16.O’timli fe’l ishtirok etgan gapni belgilang.
a) Tohir temir sandiqni ko’rdi. b) Fazliddin uni ustalarga yasattirgan edi. c) Hirotda jangnomalar ichiga suratlar chizish odat tusiga kirgan edi. d) Bu sandiqda loyihalar va tarhlar saqlanar edi. e)Behzod chizgan tasvirlar shuhrat topgan edi.
17. Fe’llar anglatgan harakatning bajaruvchisi kim ekanligini aniqlang.
a) Ko’chada mashina guvilladi. b)Shundan so’ng eshik ochildi. c)Xonaga bir qiz kirib keldi. d)Jo’mrakdan suv sharillab oqar edi. e) Oqayotgan suvning ovozi tindi.
18. Aniq nisbatdagi fe’l bilan kelgan gapni belgilang.
a) Sharofatxon rasmga zimdan tikilib qaradi. b) Daladagi bug’doylar kombaynda o’rildi. c)Oybek bolalik yillarini Toshkentda o’tkazdi. d) Azizaxon xatni Ravshanga o’qitdi. e) Navoiyning asarlari butun jahonga yoyildi.
19.Orttirma nisbat fe’llarini yasovchi qo’shimchalari berilgan qatorni toping.
a) -t, -tir, -dir; b) -ir, -ar, -iz; c) -g’iz, -giz, -qiz
d) a va b javoblar to’g’ri; e) a, b va c javoblar to’g’ri.
20. Quyidagi fe’llarning qaysi biriga -dir qo’shimchasi qo’shilib orttirma nisbat yasaladi?
a)ayt b)uyat c)cho’mil d)gapir e)to’y
21. Qaysi gapdagi fe’lga nisbat qo’shimchasi qo’shilgan?
a) Olim tajribani sinadi. b) Navbatchi sinfni tozaladi. c) Behzod topshiriqhi bajardi. d) Hamma masalliq qozonga solindi e) Xalqimiz tinchlik uchun kurashdi.
22. Majhullik nisbati qo’llangan gapni belgilang.
a) Ko’chalarda ko’rkam imoratlar qad ko’tardi. b) Ko’chalarga asfalt yotqizildi. c) Korxonalar o’z muddatida ishga tushirildi. d) Shahar jamolidan ko’zlar quvondi. e) Gulgun hayotda ko’ngil yashardi.
23. Birgalik nisbatdagi fe’l qo’llangan gap qaysi qatorda berilgan?
a) Mehri oyisiga qarashdi. b) Salim dadasi bilan uchrashdi. c) Qushlar bir-birini cho’qishdi. d) Javlon maktab sha’ni uchun kurashdi. e) Shahrimiz tobora go’zallashdi.
24. Quyida berilgan qaysi gapda fe’l nisbatlari noto’g’ri tahlil qilingan?
a) Bu yo’ldan istiqlolga, g’alabaga va ozodlikka boriladi. (majhullik nisbati) b) Shahobiddin muzdek suvda yuvindi. (o’zlik nisbati) c) Quyosh bulutlar ortiga yashirindi. (majhullik nisbati) d)Ikki kundan keyin xabarchilar kelishdi. (birgalik nisbati) e) Haydovchi mashinani tezlatdi. (orttirma nisbat)
25. Fe’l nisbatlari noto’g’ri tahlil qilingan qatorni toping.
a) Maktabda sinfdan tashqari tadbirlar ancha jonlandi. (aniqlik nisbati) b) O’qituvchilar ham ta’lim-tarbiya ishlarini jonlantirmoqdalar. (orttirma nt) c )Mehri oyisiga qarashdi.( birgalik nt) d)Salim dadasi bilan uchrashdi.( o’zlik nisbat)
Test materiallari DTS talablari asosida tuzildi.
Eksport guruhi:
M O’ T I B D O’ ________Sh. Jumayev
Metod birlashma raisi: ________ S.Razakova