l.Otlarning boshqa so’zlarga tobe bog’lanishi uchun xizmat qiladigan yordamchilar qanday so’z turkumi hisoblanadi?
A) Bog’lovchi B) Ko’makchi
C) Yuklama D) Undov va taqlid so’zlar
2. Bir//pas, bir//yo’la so’zlarining imlosi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) Qo’shib yoziladi: bir pas, bir yo`la
B) Ajratib yoziladi: bir pas, bir yo’la
C) Chiziqcha bilan yoziladi: bir-pas, bir-yo’la
D) Tovush orttiriladi: bir past, bira yo’la
3. Qaysi qatorda juft so’z berilgan?
А)Qo’ziqorin B) Ota-ona C) Yugur-yugur D) Gultojixo’roz
4. Qaysi qatorda kecha-kunduz so’zining tuzilishiga ko’ra turi to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Qo’shma so’z B) Takroriy so’z C) Juft so’z D) Sodda so’z
5. So’zlarga qo’shib yoziladigan yuklamani aniqlang.
A) -chi B) -a C)-ya D) -mi
6. Qaysi qatorda holatga taqlidni bildirgan so’z berilgan?
A) Oh B) Yalt-yult C) Taq-tuq D) Eh
7. Qaysi qatorda ravish mavjud?
A) Avval B) Sariq C) To’xta D) Mashina
8.Yozma nutqning harflar tizimini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi qanday nomlanadi?
A) Orfoepiya B) Grafika C) Sintaksis D) Punktuatsiya
9.So’zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon qilishimiz…
A) Bo’g’in B) Nutq tovushi C) Nutq D) Harf
10. Harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq…
A) Og’zaki nutq B)Yozma nutq C) Harf D) Tovush
11.Og’zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan qismi…
A) Nutq tovushi
B) Harf
C) Unli tovush
D) Undosh tovush
12. Qaysi qatorda ko’p ma’noli so’z berilgan?
A) Daraxt
B) Qo’l
C) Non
D) Kitob
13. Qaysi qatorda ibora mavjud?
A) Sher — o’rmon podshohi
B) Tilimning uchida turibdi
C) Do’ppi tikdim ipakdan
D) Amir Temur — ulug’ sarkarda
14. Nutq tovushlari hosil qilishda ishtirok etadigan inson a’zolari.
A) Til
B) Lab
C) Nutq a’zolari
D) Tish
15. Qaysi qatorda til oldi tovushlari mavjud?
A) Q, g\ x
B) G, k, ng
C) Y
D) T, L s, z
16. Qaysi javobdagi so’zda imlo xato mavjud?
A) Kiprik
B) Rivoj
C) Klogramm
D) Kishan
17. Mantiqiy fikrlashga, topqirlikka o’rgatadigan janr.
A) Maqol
B) Topishmoq
C) Hadis
D) Rivoyat
18. Mustaqil so’zlardan qaysi biri atash ma’nosiga ega emas?
A) Ot
B) Sifat
C) Son
D) Olmosh
19. Unli bilan tugagan bo’g’inlar qanday nomlanadi?_______________________
20. Gap tarkibidagi so’zlardan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi…
________________________________________
21. «Susambil» ertagida jonivorlar nima sababdan bo’rilar galasi hujumidan omon qoldilar?___________________________________________
22. Soxtalik, tilyog’lamalik, sun’iylikni qoralovchi asarni ko’rsating.______________________________________________
23. Quvonch bilan o`lim yonma-yon tasvirlangan asar nomini yozing?____________________________________________
24. «Mening o’g’rigina bolam» asarini kim yozgan?____________________________________________
25. «Zulmat ichra nur» asarida yozilishicha hirotliklar Boyqarolarning Xiyobon mahallasidagi ikki qavatli uyini qanday nomlashar edi?_______________________________________________