1. Tarandi, kiyindi so‘zlari fe’lning qaysi nisbat shaklida berilgan?
A) O‘zlik nisbat B) Majhul nisbat
C) Orttirma nisbat D) Birgalik nisbat
2. Qaysi nisbatni hosil qiluvchi qo‘shimchalar bir fe’lga bir necha marta qo‘shilishi mumkin?
A) O‘zlik nisbatga B) Majhul nisbatga
C) Birgalik nisbatga D) Orttirma nisbatga
3. Quyidagi fe’llarning qaysi biridan o‘zlik nisbat yasalmaydi?
A) Qiynamoq B) Kavshamoq
C) Yayramoq D) So‘kmoq
4. Fe’l nisbatlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra qaysi turga mansub bo‘ladi?
A) So‘z yasovchi qo‘shimchalar
B) Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar
C) Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar
D) Murakkab qo‘shimchalar
5. Qaysi javobda harakat nomiga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A) Fe’lning otga xoslangan shakli
B) Fe’lning sifatga xoslangan shakli
C) Fe’lning ravishga xoslangan shakli
D) Sof fe’l shakli
6. Qaysi xususiyat harakat nomiga xos?
A) Harakat nomlari fe’llar kabi tuslanadi
B) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi
C) Harakat nomlari zamonni ko‘rsatadi
D) Harakat nomlari shaxs-sonni ko‘rsatadi
7. O‘qigan maqsadiga yetadi. Ushbu gapdagi sifatdosh gapning qaysi bo‘lagi vazifasida kelgan.
A) Ega B) Aniqlovchi C) Hol D) Kesim
8.Laganbardorlik, xushomadgo‘ylik qoralangan asarni aniqlang.
A) «Sobiq» B) «Qoplon» C) «Muzqaymoq» D) «Bemor»
9. Harakat nomlari gapda qanday gap bo‘lagi vazifasida keladi?
A) Faqat ega vazifasida
B) Faqat kesim vazifasida
C) Bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida
D) Faqat ikkinchi darajali bo‘laklar vazifasida
10.Qaysi qatorda harakat nomi berilgan?
A) Yaylov B) Boshqaruv
C) O‘tov D) Qizg‘ish
11.Qaysi so‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlar doimo ajratib yoziladi?
A) Qo‘shma otlar B) Qoshma sifatlar
C) Qoshma fe’llar D) Qo‘shma ravishlar
12.Janni Rodari qanday mukofotga sazovor bo‘lgan?
A) Nobel mukofoti B) Hans Kristian Andersen mukofoti
C) «Femina» mukofoti D) «Oltin Yulduz» ordeni
13.Jahon ertakchiligida yangi bir usulni yaratgan, voqealar yechimi uch xil yakun topuvchi, har bir yakun o‘zining boshqasidan tubdan farq qiladigan mazmun-mohiyatiga ega bo‘lgan asarlar muallifi kim?
A) Aka – uka Grimlar B) Hans Kristian Andersen
C) Janni Rodari D) Sharl Perro
14.Muqimiyning ilk devoni qanday nomlanadi?
A) «Muqimiy bayozi» B) «Devoni Muqimiy»
C) «Muqimiy ma hajviyot» D) «Lirika satira»
15.Xudoyberdi To‘xtaboyev 12 yil davomida turli gazeta nashrlarida ishlaganda ko‘proq qaysi janrda faoliyat ko‘rsatadi?
A) Felyeton B) Maqola C) Ocherk D) Esse
16.«Sariq devni minib» asari qachon yozilgan?
A) 1974-yil B) 1973-yil C) 1968-yil D) 1976-yil
17.-gan, -ydigan, -yotgan qo‘shimchalari fe’lning qaysi vazifa shakliga kiradi?
A) Harakat nomi B) Sifatdosh C) Ravishdosh D) Sof fe’l
18.Fe’l shakllaridan qaysi biri zamon va shaxs sonni ko‘rsatmaydi?
A) Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi B) Harakat nomi
C) Sifatdosh D) Ravishdosh
19. Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, darkor, shart so’zlari bo’lganda, ega bilan kesim moslashsа…..______________________________
20. Bir kuni chol bechora qo’li titrab, osh suzib berilgan kosasini tushirib sindirdi.
Ushbu gapda qaysi nisbatdagi fe’llar berilgan?__________________________
21. Qaysi qatorda berilgan ko’makchi fe’llar yetakchi fe’lga qo’shilib, harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi?__________________________________
22. Undalma qatnashgan gapning kesimi ko’pincha qanday shaklda bo’ladi?
23. Insonning ichki kechikmalarini ifodalovchi fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra qanday nomlanadi? ______________________________________________
24. A.Qahhor dastlab qaysi qissasini yozgan?______________________________
25. Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostoni necha bobdan iborat?_________