1. “Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb tariflanishi bejiz emas, albatta”. Ushbu jumla kimning qaysi asarida keltirilgan?
A. A. Avloniy “Turkiy guliston”
B. I. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asari
C. I. Yusupov “Oltin qirg‘oq” asari
D. A. Navoiy “Mahbub ul-qulub” asari
2. “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir” ushbu ta’rif kim haqida aytilgan?
A. Bobur C. Navoiy
B. Nodira D. Zulfiya
3. G‘. G‘ulomning qaysi asarida o‘zining bolalik hayoti aks etgan?
A. “Shum bola” qissasi C. “Mening o‘g‘rigina bolam”
B. “Yodgor” qissasi D. “Vaqt”
4. “Shum bola” qissasida masjid imomining og‘ilxonasida o‘sallab qolgan ho‘kiz o‘rniga soppa-sog‘ eshakni so‘yib qo‘yib, rosa kaltak yegan personaj kim?
A. Shum bola C. Badal aravakash
B. Omon D. Sulton o‘g‘ri
5. Badiy asarlar qanday turlarga bo‘linadi?
A. g‘azal, ruboiy, masnaviy C. drama, tragediya, komediya
B. murabba, muxammas, D. epik, lirik, dramatik
6. Ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo‘lgan mukofot nomini aniqlang?
A. “GranPri” mukofoti B. Femina mukofoti
C. Andersen nomidagi mukofot D. “Nihol” mukofoti
7. G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asarida Sariboy Yusuf kontorning mevazor bog‘i, bahavo shiyponini qanday qo‘lga kiritadi?
A. Yusuf kontor bilan qimor o‘ynab, yutib oladi.
B. Sariboydan olgan qarzlari evaziga tortib oladi.
C. Aslida ota-bobosining mulki bo‘lganligi uchun undan tortib oladi.
D. Yusuf kontorni avrab, arzon pulga sotib oladi.
8. G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asarida Sariboyga xos xususiyat qaysi javobda ko‘rsatilgan?
A. mehribon B. ziyrak C. ziqna D. mehnatkash
9. Turob To‘laning bir necha nasriy janrlarda yaratilgan katta-kichik hikoyalar yagona sujet ipiga mohirlik bilan tizilgan asari qaysi?
A. “Nodirabegim” qissasi C. “Yetti zog‘ora qissasi” asari
B. “Nafosat” asari D. “Kamalak” asari
10. T. To‘laning “Do‘nan” asari kimning tilidan hikoya qilinadi?
A. Fayzi dasturxonchi C. Toshtemir
B. Bashor kelin D. Baxshilla maxsum
11. “Do‘nan” asarida qaysi qahramon “Shu kuchugingiz o‘lsin, juda yomon ko‘raman, o‘shani bog‘lab qo‘ying yaqinroqqa – deb aytadi?”
A. Bemor kelin C. Fayzi dasturxonchi
B. Baxshilla maxsumning onasi D. Toshtemir
12. “Do‘nan” hikoyasidagi asosiy maqsad nima?
A. turli sabablar jamuljam bo‘lib yuzaga kelgan murakkab vaziyatga tushib qolgan odamlar va hayvonlarning nozik kechinmalarini kitobxonga yuqtirilish.
B. Baxshillaning taqdirini ochib berish va otasining aybini fosh etish.
C. Hayvonlarning o‘z egasini tez unutib, har qanday sharoitga ham ko‘nikib ketishi.
D. Toshtemirga nasihat qilish
13. Bobosi Erkaboy va buvusi Roqiyabibilarning tarbiyasida o‘sgan adib kim?
A. Turob To‘la C. G‘ofur G‘ulom
B. Xudoyberdi To‘xtaboev D. Erkin Vohidov
14. Jami 24 tilga tarjima qilingan, italiyalik buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodarinig tahsiniga sazovor bo‘lgan asar qaysi?
A. “Besh bolali yigitcha” romani C. “Mingli ko‘zlar” romani
B. “Shirin qovunlar mamlakati” romani D. “Sariq devni minib” romani
15. “Sariq devni minib” asari qahramonlari to‘g‘ri sanalgan qatorni toping.
A. Sovxoz direktori – Otajon Azizovich B. Brigadir – Polvontog‘a
C. Maktab direktori – Akbar Nosirov D. Brigada boshlig‘i – Murodjon aka
16. “Aql sehrga bo‘ysunmaydi, aqlingga aql qo‘shib berolmayman, o‘zimda ham shu qurg‘urdan sal kamroq” ushbu so‘zlar “Sariq devni minib” asarida qaysi personajga tegishli?
A. Sehrli qalpoqchaga C. Hayitvoyga
B. Hoshimjon Ro‘ziyevga D. Polvontog‘aga
17. “Yetti zog‘ora” qissasida T.To‘la qaysi shoirni “Navoiyni mahliyo qilgan donishmand” deb ta’riflaydi?
A.Yassaviyni B.Ismoil otani C. Atoiyni D.Sakkokiyni
C. G‘ G‘ulom “Mening o‘g‘rigina bolam” D. Jyul Vern “O‘n besh yoshli kapitan”
18. Hoshimjon Ro‘ziyev asarda kimning nayranglarini fosh qiladi?
A. Hayitvoyning C. Singlisi Donoxonning
B. Murobiddinxo‘janing D. Singlisi Oyshaxonning
19. Hoshimjon Ro‘ziyev oq jundan to‘qilgan sehrli qalpoqcha haqida kimdan eshitadi?
20. “Sariq devni minib” romanining nechanchi bobi “Baxtim kulib boqqan edi” deb nomlangan?
21. Qaysi adibning bolaligi “olov jizillab turadigan tandir yonida , un va ko‘mir solingan qoplar orasida kechdi?”
22. “Korafta salloh” so‘zining ma’nosi?
23. Janni Rodari ertakchilikka qanday yangilik kiritdi?
24. “Hurishni eplolmagan kuchukcha” ertagining ikkinchi tugashida yo‘lda chopib ketayotgan kuchukcha kimga yoki nimaga duch keladi?
25. “Qutbdagi gunafsha” ertagi Janni Rodari ertaklarining qaysi turkumiga kiradi?