Biologiya fanidan bilimlar bellashuvining tuman bosqichi uchun nazorat materiallari (umumta’lim maktablar) 6- sinf 3- variant

6-sinf adabiyot 1-chorak uchun test savollari 2017-2018 o’quv yili uchun
30.10.2017
Материалы по биологии для районного тура конкурса «Билимлар беллашуви» 6 класс 3– вариант
30.10.2017
Show all

Biologiya fanidan bilimlar bellashuvining tuman bosqichi uchun nazorat materiallari (umumta’lim maktablar) 6- sinf 3- variant

1.O‘simliklarning suv bug‘latishi qaysi hujayralar orqali amalga oshadi ?

A) Yasmiqchalar                                  B) Mexanik to‘qima

C) Ildiz po‘stlogi hujayralari               D) Barg og‘izchalari

2.Zig‘irning hayotiy shaklini aniqlang.

A) chala buta            B) buta            C) ko‘p yillik o‘t       D) bir yillik o‘t

3.Kartoshkaning  tugunagidagi  ko‘zchalarida nima  joylashadi?

A) poyalar      B) kurtaklar          C) yasmiqchalar                 D) ildizchalar

4. Loviya  o‘simligi urug‘ida  asosan   qanday modda to‘planadi?

A) oqsil             B) kraxmal      C) moy      D) efir

5.Bir necha meva barglarining  birikib  o‘sishidan   hosil  bo‘lgan  ko‘p urug‘li quruq mevali o‘simliklarni aniqlang

A) mingdevona,bo‘shnoch                            B) bo‘ritaroq,singirtak

C) bangidevona, lola                                      D) shirinmiya,sho‘ra

6.Qaysi o‘simlikning guli boshqa o‘simlikning po‘stlog‘i orasiga kirib, uning shirasi hisobiga yashaydi?

A)  suv qaroqchisi       B) Raffleziya Arnoldi        C) baobab      D) keyreuk

7.Hozirga kelib yer yuzida hukmronlik qilayotgan o‘simliklar guruhini aniqlang?

A) yo‘sinlar       B) qirqquloqlar     C) yopiq urug‘lilar    D) qirqbo‘gimlar

8.Olga sorbariyasi   o‘simligi qaysi oilaga mansub?

A) ra’nodoshlar              B) loladoshlar

C) tokdoshlar                 D) burchoqdoshlar

9. O‘simlik bargidagi nay tolali boylamlarni …..lar hosil qiladi  ?

A) naychalar , elaksimon naychalar va tolalar

B) faqat naychalar

C) faqat elaksimon naychalar va tolalar

D) naychalar , elaksimon naychalar va tukchalar

 

10. Qaysi o‘simliklarning barglari to kech kuzgacha ham o‘z yashil rangini yo‘qotmaydi?

A) yong‘oq, terak, chinor               B) nastarin, atirgul, ligustrum

C) olma, olcha, tog‘olcha               D) eman, zirk, qayrag‘och

11.Apreldan  dekabr oyigacha   cho‘lda  qurimasdan  o‘sib turadigan             o‘simliklar qaysi oilaga mansub?

A) sho‘radoshlar                    B) ituzumdoshlar

C) ra’nodoshlar                     D) gulxayridoshlar

12.Murakkab   bargli   o‘simliklar   berilgan   to‘gri   javobni   aniqlang :

1-akatsiya   2-beda  3-yantoq   4-g‘oza   5-nok   6-qulupnay

A) 1,3,4           B) 3,4,5        C) 2,4,5         D) 1,2,6

 

13.Qaysi o‘simliklarning urug‘i suv o‘tkazmaydigan qalin qobiqqa ega bo‘lganligi uchun  suv orqali   uzoqlarga tarqaladi?           1.zarpechak 2.qo‘ypechak 3.qurttana 4.chinor 5.saksovul

A) 1,2,3   B)   3,4,5  C)   2,4,5  D)  1,2,5

14.Quyidagi qaysi o‘simliklar popuk ildiz tizim  hosil   qiladi:   1. g‘o‘za  2.lola  3. bangidevona 4.chuchmoma  5.olgi  6. xolmon 7. bo‘ritaroq   8.kanop

A)   4.5.6  B) 3.4.6  C)  1.7.6   D) 7.8

15.Ituzum turkumiga mansub o‘simliklarni aniqlang? 1.bangidevona 2.ituzum 3.mingdevona   4.kartoshka 5.baqlajon 6.tamaki

A)4.1.              B)5.4.          C)2.3.          D)2.6.

16.Quyidagi qaysi o‘simliklarning guli ostkosachabargga ega? 1.kungaboqar 2.lola  3.tugmachagul 4.kanop 5.g‘o‘za 6.sachratqi

A)1.6.              B)5.2.           C)3.4.          D)3.4.6.

17. Asosiy to‘qima o‘simlikning qaysi qismida uchraydi: 1) barg 2) ildiz     qinchasi  3)yosh novda   4) meva 5)havo ildizi  6)kambiy   7) lub tolalari   8)yog‘ochlik   9)o‘zak

A)1.3.4.5.     B) 2.4.6.    C) 3.5.7.8     D) 7.8.9.

18. Kollenxima bu-……….

A) mexanik to‘qimaning o‘lik hujayralari

B) o‘tkazuvchi to‘qimaning o‘lik hujayralari

C) mexanik to‘qimaning tirik hujayralari

D) asosiy to‘qimaning tirik hujayralari

 

19.O‘simliklarga  qizil rangni berib turuvchi hujayra organoidi   qanday ataladi?

 

20.Qaysi o‘simlikning barg hujayralarida sitoplazmaning harakatini aniq ko‘rish mumkin?

 

21.Ildiz tukchalari qancha kun yashaydi?

 

22. Oloy xiyoli qaysi oila vakili hisoblanadi?

 

23.Qoqio‘t o‘simligining hayotiy  shakli?

 

24.O‘zbekiston «Botanika» ilmiy institutida qancha nusxa gerbariy saflanmoqda?

 

25. Saksovul  qaysi oila vakili hisoblanadi?

 

 

uz_UZUzbek