6-sinf O’zbek tili fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi

5-sinf O’zbek tili fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi
05.12.2017
7-sinf O’zbek tili fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi
05.12.2017
Show all

6-sinf O’zbek tili fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi

1.Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying. Mahallalar ………… bo’lmoqda
A) Ko’rinish B) O’sish C) Sog’lomlashtirish D) Obod

2.Qaysi qatorda mavhum otlar berilgan?
A) Marhamat,vijdon, burch B) Dala, bog’, ishkomlar
C) Daftar, qalam, kitob D) O’tirmoq, kulmoq, suzmoq

3.Berilgan gapning egasini toping? Oromgohda mazza qilib dam olamiz.
A) Oromgohda B ) Olamiz C) Dam D) Mazza qilib

4.Qaysi qatorda joy nomlari berilmagan?
A) Odina, maktab, Akbar B) Mahalla,tuman,qit`a
C) Osiyo, Xiva, Yaponiya D) Davlat, Shahar,qishloq

5. Qaysi qatorda sezgi a`zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lgan otlar berilgan?
A) Bayram, orzu, ta`til B) Suv,yomg’r,qor
C) Rost,haqiqat,chindan. D) Or, shubha,fikr

6.Quyidagi parcha qaysi matndan olingan?
“Mening shu kitoblarimdan boshqa boyligim yo’q”,-degan ekan, podshoh uni dorga
tortmoqchi bo’libdi.
A) ”Navoiyning do’sti” B) ”Yomg’irdan so’ng”
C) ”Bilim baxt keltirar” D) ”Ham shifo,ham taom”

7.Qaysi qatorda kasb-hunar yasovchi qo’shimchalar berilgan?
A) -lik,-moq,-da B) -mi,-yu,-ku C) -ar,-dir,-cha D) -soz,-kor,-gar

8.Qaysi qatorda turdosh otlar berilmagan?
A) Nilufar.Boychibor,O’rta Osiyo B) Paxtakor, zargar,o’quvchi
C) Shifokor,o’qituvchi,bog’bon D) Viloyat,davlat,tuman

9.Qaysi qatorda narsa-buyum otlari berilgan?
A) Oshpaz, duradgor,muhandis B) Boychechak, atirgul, rayhon
C) Samarqand,Buxoro, Xorazm D) Ega, kesim, aniqlovchi

10.Qaysi qatorda topishmoqning javobi to’g’ri berilgan?
Uyning shiftida ini, Bahorda kutib olib
Kuylab berar har kuni. Kuzatamiz kuz uni.
A) Qaldirg’och B) To’ti C) Qarg’a D) Laylak

11.Adabiyot muzeyida nimalar saqlanadi?
A) Haykallar B) Tarixiy obidalar C) Badiiy asarlar D) Tarixiy idishlar

12.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?”Husayn Boyqaro:—_Pahlavonning soqol-mo’ylovini qirqib tashlanglar,so’ng kaltadum libos kiydirib,ko’cha aylantiringlar,-deb buyruq beribdi.
A) Yangi yil ramzi B) Tog’da
C) Beminnat pochtachi D) Navoiyning do’sti.

13.Qaysi qatorda otning o’zlashatirish shaklini yasovchi qo’shimchalar berilgan?
A) -gina,-xon,-oy B) -dek-,day,dayin
C) -cha,-chak,-ak D) -gacha,-qacha,-kacha

14.Berilgan so’z qaysi qatorga tegishli? Oltin.
A) Kuz B) Qish C)Yoz D) Bahor

15.Qaysi qatorda egalik qo’shmchаsi bilan kelgan o’zlik olmoshilari berilgan?
A) o’zim, o’zing, o’zimiz B) allakim,allanima,allanarsa
C) shunisi, shunga, shuncha D) biz,ular, siz.

16.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?
Shunday qilib ,ota-o’g’il o’tin qolib ,giyoh terib kelishibdi.
A) Navoiyning do’sti B) Navro’z C) Ham shifo,ham taom D) Qorli tog’.

17.Qaysi qatorda bo’lishsizlik olmoshi berilgan?
A) Hech kim yolg’on gapirmasin.
C) Hamma bayramda faol qatnashdi.
B) Navro’z bayramida kimlar qo’shiq aytdi?
D) Kimdir qo’ng’iroq qilibdi.

18. O’zbek tilida nechta kelishik bor ? __________________________________
19. Chiqish kelishigi qanday savollarga javob beradi?______________________
20. Konstitutsiya kuni qaysi faslda nishonlanadi? _________________________
21. Toshkentda oxirgi qurilgan sport majmuasining nomini yozing?_____________________
22. Biror shaxs,narsa yoki joyga atab qo’yilgan otlar qanday otlar deyiladi? _____________
23. Sezgi a`zolarimiz orqali bilishimiz va tasavvurimiz orqali idrok qilinadigan narsalarni bildiruvchi otlar qanday nomlanadi? ___________________________________
24. ” Yodgorlik “ so’zining tarjimasini yozing? ___________________________
25. ”Toshkent” she`rining muallifi kim? ________________________________

 

uz_UZUzbek