8-sinf O’zbek tili fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi

7-sinf O’zbek tili fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi
05.12.2017
10-informatika fanidan 1-chorak test savollari
06.12.2017
Show all

8-sinf O’zbek tili fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari na’munasi

1.Qaysi qatorda tasdiq, inkor gaplar berilgan ?
A)Eshitdimki,u o‘shayerga boradi.Abror aslo yolg‘on gapirmaydi.
B)Oltin kuz keldi va havo soviyboshladi.
C)Kuz faslida paxta teriladi.Bog‘larda mevalar yig‘iladi.
D)Bugun maktabga vaqtli keldim.Kutubxonadan kitob oldim.

2.Berilgan she’riy parcha qanday nomlanadi va muallifi kim?
Kim Qashg‘arni qildi makon, Jaloliddin-Kurdistonda,
Kim Enasoy tomonda, Boburing –Hindistonda,
A)”Vaqt” G‘afur G‘ulom. B)”Vatanim” Muhammad Yusuf.
C)”O‘zbekiston” Hamid Olimjon. D)”Oltin kuz”Zulfiya.
3.Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘ying. …………… elda aziz bo‘ladi.
A) Ko‘rgan B)Yozgan C) Ishlagan D)O‘qigan
4.Qaysi qatorda darak gap berilgan?
A) Kutubxonada kitoblar ko‘p B) Oltin kuz keldi-a?
C) Maktabga borasanmi? D) Eh,biz g‘olibmiz
5.Maqolni davom ettiring. “Til-millat ……….. “
A) Obro‘si B) Baxti C) Ko‘zgusi D) Aqli
6.Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘ying.Do‘st bilan obod ………………..
A) Shahring B) Mahallang C) Uying D) Yurting
7.Qaysi qatorda gapda bir xil so‘roqqa javob berib,o‘zaro teng bog‘lovchilar,yuklamalar va ohang yordamida bog‘lanadigan so‘zlarning qanday nomlanishi berilgan?
A) So‘z turkumlari B) Qo‘shma fe’llar
C) Uyushiq bo‘laklar D) Gap bo‘lagi

8.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?
Dunyoda turfa odamlar bop ekan.Biriuning suviga e’tabor bersa,biri qadriga yetmadi-har tomonga bo‘lib yubordi.Yo‘lda nimalar qo‘shilmadi unga, bilolmadi.
A) Buloq B) Ona yurt manzaralari
C)Til bilgan- el biladi D)Tabiblarning tabibi

9. Berilgan gapning turini aniqlang. Maktabga kech qolib kelinmasin.
A) Tasdiq gap B) Inkor gap C) Buyruq gap D) Yig‘iq gap

10.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?
Kichiko‘g‘il esa ko‘p mehnat qilibdi. Mehnat orqasidan topgan noni mazali,ichgan choyi undan ham totli tuyulibdi.
A) Ota vasiyati B) Donishmand el va o‘jar suv
C) Davlat tili D) Buloq
11.Berilgan so‘zlarning ma’nodoshlari qaysi qatorda berilgan? Katta,o‘jar,ozgina.
A) Тinmay,o‘roq,totmoq B) Kichik, hashar, bel
C) Yirik, qaysar, jindakkina D) Fursat,muloyim, ijozat
12.Berilgan parcha qaysi matndan olingan?
Patnisda qand-qurs,issiq non va ikki choynak choy ko‘tarib chiqqan yigit onasining qilgan ishini ko‘rdi-da, indamay qo‘ya qoldi.
A) Tejamkor bo‘laylik. B) Ota vasiyati. C) Burch nima? D)Onaga mehr
13.Qaysi qatorda undalma berilgan?
A) Tepada bir parcha oq bulut suzib yuribdi
B) Ilgari kutubxonaga borarmidingiz?
C) Do‘stim,menga yaxshi maslahat berdingiz
D) Do‘stim mehmonga taklif qildi

14. Ali Qushchi Ulug‘bekka kim bo‘lgan?
A) Do‘sti B) Shogirdi C) Og‘aynisi D)Ustozi

15.Qaysi qatorda ”Bashorat” so‘zining to‘gri tarjimasi berilgan?
A) Предсказание B) Трагедия С) Загадка D) Таинственный

16.Qaysi qatorda qo‘shma fe’l berilmagan?
A) So‘zlab ber B) Olib ber C) Mayin-mayin D) Suzib chiq

17.Qaysi qatorda “Ichan qala” tarixiy obidasi joylashgan shahar nomi berilgan?
A) Samarqand B) Buxoro C)Toshkent D) Xiva

18.Qaysi qatorda ko‘makchi berilgan?
A) Bilan,ammo B) Тomon,qarab C) Shu,bu D) Voy,uf,eh

19. Qaysi shaharni “Sharq darvozasi “ deb atashgan?_________________________
20. ”Muhokamat ul-lug‘atayn” nomli kitobning muallifi kim?___________________
21. Minorai Kalon qaysi shaharda joylashgan?________________________________
22. ”O‘zbekiston”she’rining muallifi kim?____________________________________
23. ”Ko‘chat o‘tqaz” she’rining muallifi kim? _______________________________
24. Tabiiy boylik necha xil bo‘ladi?_________________________________________
25. ”Sadoqat” deb nomlangan matn muallifi kim? ____________________________

 

uz_UZUzbek