7-sinf Geografiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari 2-variant

7-sinf Geografiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari
16.12.2017
10-sinf Huquq fanidan test savollari 1-variant
17.12.2017
Show all

7-sinf Geografiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari 2-variant

1. “Issiqlik mashinasi”ning harakat yo‘nalishi, tezligi kabi xususiyatlariga  Oy va Quyoshning tortishi hamda Koriolis kuchi, hatto antropogen omil bilan birga yana nima ta’sir etadi?

A) Yerning ichki energiyasi          B) Shamollar       C)  Havo bosimi         D) Yerning tashqi energiyasi

2. Qaysi okeanda  cho‘kindi jinslarning qalinligi  chuqur botiqlarda 100-200 m ni tashkil etadi?

A) Atlantika    B) Hind   C) Shimoliy Muz   D) Tinch

3. Qizil – sariq ferrolit tuproqlar qaysi mintaqada tarqalgan?

A.) Tropik     B) Subekvatorial            C) Ekvatorial        D)  Subtropik

4.Qaysi okeanda oqimlar halqalar hosil qiladi?

A) Janubiy             B) Tinch               C) Atlantika         D) Hind

5.Yevrosiyodagi   mo‘tadil   mintaqaning  qaysi qismida  yoz salqin , qish yumshoq bo‘ladi?

A) Sharqida    B)  Shimolida   C) Janubida  D)  G‘arbida

6.Himolayning qaysi qismida  botqoqlashgan changalzorlar –terayalar joylashgan?

A)  Tog‘ yonbag‘rida    B)  Tog‘ etagida     C)  Tog‘ cho‘qqisida   D)  Joylashmagan

 

7.Braziliya yassitog‘ligida qanday tog‘ jinslaridan qazilmalar qazib olinadi?

A)  Kristall va metamorfik   B)  Cho‘kindi   C)  Magmatik   D)  Metamorfik

8.O‘rta Osiyo chalacho‘l zonasining iqlimi qanday?

A) Quyosh nurlarini o‘rtacha oladi, harorat yuqoridan pastroq, yillik yog‘in miqdori 150-175 mm

B) Quyosh nurlarini kamroq oladi, harorat o‘rtacha, yillik yog‘in miqdori 200-225mm

C)  Quyosh nurlarini ko‘proq oladi,harorat yuqori, yillik yog‘in miqdori 200-225 mm

D)  Quyosh nurlarini kam  oladi, harorat nisbata  past, yillik yog‘in miqdori 100-150 mm

9.O‘rta Osiyo hududida  yoz oylarida qaysi radiatsiya miqdori ko‘p bo‘ladi?

A)  Yalpi    B)  Tarqoq    C)  To‘g‘ri     D) To‘plama

10.Kimning asari 1878 yilda  rus tiliga tarjima qilingan?

A. Al Xorazmiy “Yer tasviri”      B. Bobur  “Boburnoma”   C.Beruniy “Hindiston”  D. Abu  Is’hoq Istaxriy  “Iqlimlar kitobi”

11. “20%” iborasi quyidagi javoblardan qaysi biriga tegishli?

A. Kattaqo‘rg‘on  suv omborida 1 yilda 20% suv bug‘lanadi

B.Quyoshdan keladigan  energiyaning 20 % ga yaqin qismi havo qobig‘idan aks etib , fazoga qaytadi

C. O‘zbekistonda haydaladigan  yerlar jami yer fondining 20% ni tashkil etadi

D. O‘zbekistonda 1 yil mobaynida kollektor va drenajlarda to‘planadigan suv hajmi mamlakatda mavjud suv hajmining 20 % ga yaqin qismini tashkil etadi

12. O‘rta Osiyoning dasht zonasiga kirmaydigan hududlarini belgilang .

A. Qozog‘iston past tog‘larining markaziy qismi

B. To‘rg‘ay platosining shimoliy qismi ,Qozog‘iston past tog‘larining shimoliy qismi

C. Qozog‘iston past tog‘larining g‘arbiy va sharqiy qismi ,To‘rg‘ay platosining janubiy qismi

D. Qozog‘iston past tog‘larining markaziy qismi, To‘rg‘ay platosining shimoliy qismi

13. O‘rta Osiyoning barcha burmali  tog‘laridagi yer osti suvlarining asosiy qismi qanday suvlardan iborat?

A.karst yo‘laklari va chuqurliklaridan chiqadigan

B.tog‘ jinslari yoriqlaridan va karst yo‘laklaridan chiqadigan

C.tog‘ jinslari yoriqlaridan chiqadigan   D. tog‘ jinslari yoriqlaridan  va yer po‘stidan   chiqadigan

14.Nimasi bor tuproqlar donador bo‘ladi?

A. fosfor moddasi bor   B.kaliy moddasi bor  C.chirindisi  bor   D.kesakchalari bor

15.Nishopur tog‘i qaysi tog‘lar tarkibida joylashgan?

A.Turkman-Xuroson            B.Himolay             C.Hindiqush           D.Pomir

16 Yer yuzida nechta soat mintaqasiga  bo‘linadi

A 12     B 24         C16   D 20

17. O‘rta Osiyo hududida qaysi fasllarda tarqoq radiatsiya miqdor ko‘proq bo‘ladi?

A.bahor va yoz         B. kuz va qish           C. qish va bahor         D. bahor va kuz

18.Shimoliy qismi qumli tekislikdan iborat relyef shaklini toping?

A.To‘rg‘ay platosi   B.Ustyurt platosi C. To‘rg‘ay supasimon o‘lkasi  D.Qozog‘iston past tog‘lari

19.O‘rta Osiyo haqidagi dastlabki ma’lumotlarni kimlarning asarlarida uchratish mumkin?

A. Al Xorazmiy, Bobur, Beruniy, Abu  Is’hoq Istaxriy             B. Syuan  Szan   ,Chjan-Syan

C.Gerodot,Strabon ,Arrian,Ptolemey                  D.Mushketov,Fedchenko,Severov,Mushketov

20.Qaysi andozalardan foydalanilganda materiklar, davlatlar, dengizlar,orollar va boshqalarning maydonlari xatosiz tasvirlanadi?

A. ixtiyoriy andoza   B. teng maydonli   C. teng burchakli    D. konussimon

21. Ustyurt platosining O‘zbekiston qismi shimolidagi qaysi balandlikning janubida Borsa –kelmas botig‘i  joylashgan?

A.Kassaram     B. Qoraqalpog‘iston    C. Shoxpaxta    D. Kuanish

22.O‘zbekistonning  balandligi 2000 m dan past tog‘lardan boshlanuvchi daryolarini toping .

A. Chirchiq,Tursundaryo B. Zominsuv ,Sangzor C.Ohangaron,SheroboddaryoD. Tursundaryo  , Sheroboddaryo

23.Boysun tizmasi qaysi tog‘ tizmalari bilan tutash?

A. Zarafshon va Turkiston    B. Nurota va Oqtog‘    C. Hisor va Ko‘hitang   D. Turkiston va Hisor

24.Tayxu ko‘li qaysi tabiiy geografik o‘lkada joylashgan?

A.Janubi-G‘arbiy Osiyo   B.Janubi-sharqiy Osiyo  C.Janubi Osiyo  D.Sharqiy Osiyo

25.Ko‘llar mamlakati deb qayerni aytishadi?

A.Kareliya     B.Finlandiya C.Bolqon yarim oroli D.A va B

26 O‘rta osiyo haqidagidastlabki ma’lumotlar kimlarning asarlarida uchraydi?

A Geradot Strabon     B Ruf Tatsit C Arrian Ptolomey  D Ava C

27 O‘rta osiyo  geografiyasiga asos solgan  alloma kim ?

A Beruniy    B Al –Xorazmiy C Bobur D M. Koshg‘ariy

28.Miloddan avvalgi VII- V asirlarda Zarafshon vodiysida qaysi davlat bo‘lgan?

A) Marg‘yona            B) So‘g‘diyona         C) Baqtrriya                D) Xorazm

29 .O‘rta Osiyo daryolari to‘yinishiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

A) 3 guruhga                B) 5 guruhga                      C) 4 guruhga          D)2 guruhga

30.Vaxsh daryosida qaysi suv ombori qurilgan?

A) Boxtarma                B) To‘xtag‘ul                C) Norak              D) Hovuzxon

 

uz_UZUzbek