10-sinf Ingliz tili fanidan test savollari
14.12.2017
7-sinf Geografiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari 2-variant
16.12.2017
Show all

7-sinf Geografiya fanidan bilimlar bellashuvi uchun test savollari

1. Yevrosiyodagi eng katta orolni belgilang.

A. Kalimantan oroli               B. Sumatra oroli

C. Xokkaydo oroli                 D. Yava oroli

2. Tyan-Shan tog‘ tizmalarini o‘rganib, Tyanshanskiy deb nom chiqargan sayyohni belgilang.

A. N.M. Prjevalskiy           B. R.R. Semenov

C. Xillari                            D. A. Atlasov

3. Yevrosiyodagi qaysi tog‘ eng qadimgi hisoblanadi?

A. Ural          B. Kavkaz          C. Pomir        D. Oltoy

4. Galapagos orollarida joylashgan milliy bog‘ qaysi davlatga qaraydi?

A. Braziliya      B. Argentina        C. Chili              D. Ekvador

5. Quyidagilardan Yevrosiyo materigida joylashgan eng baland vulqonni belgilang.

A. Klyuchi sopkasi           B. Erjiyas       C. Kerinchi          D. Fudziyama

6. Yevrosiyoning eng baland nuqtasi qaysi tog‘da joylashgan?

A. Tyanshan           B. Pomir           C. Himolay              D. Kopetdog‘

7. Yevrosiyoning eng past nuqtasi qayerda joylashgan?

A. Kaspiy bo‘yi pasttekisligi                 B. Qoragiyo botig‘i

C. Mingbuloq botig‘i                             D. O‘lik dengiz.

8. Yevropa bilan Osiyoni bir-biridan ajratib turuvchi tog‘ni belgilang.

A. Kavkaz tog‘i                 B. Ural tog‘i

C. Hindiqush tog‘i             D. Karpat tog‘i

9. Morena relyef shakllari qanday omil ta’sirida vujudga keladi?

A. Shamol ta’sirida                           B. Muz ta’sirida

C. Daryo faoliyati natijasida             D. Vulqonlarni otilishi ta’sirida

10. Yevrosiyodagi eng katta tekislikni belgilang.

A. Turon tekisligi                     B. Sharqiy Yevropa tekisligi

C. G‘arbiy Sibir tekisligi          D. Buyuk Xitoy tekisligi

11. Arktika iqlim mintaqasida joylashgan orolni belgilang.

A. Xokkaydo oroli              B. Shpisbergen oroli

C. Irlandiya oroli                 D. Islandiya oroli

12. G‘arbiy Sibir tekisligidan qaysi daryo oqib o‘tadi?

A. Lena                   B. Ob             C. Volga          D. Dnepr

13. Fedchenko muzligi qaysi tog‘da joylashgan?

A. Nurota            B. Tyan-Shan           C. Hindiqush          D.Pomir

14. Yevrosiyoda qaysi daryolar ichki oqim berk havzasiga kiradi?

A. Yenisey, Pechora            B. Dnepr, Dunay

C. Reyn, Dnepr                    D. Volga, Amudaryo

15. Himolay tog‘larini janubida joylashgan pasttekislikni belgilang.

A. Kaspiybo‘yi pasttekisligi          B. Hind-Gang pasttekisligi

C. Mesopotamoiya                        D. Turon pasttekisligi

16. Yevrosiyo nechta tabiiy – geografik o‘lkalarga ajratiladi?

A. 14           B. 16             C. 12                  D. 24
17. Qaysi materikni hamma okean suvlari o‘rab turadi?

A. Afrika                            B. Shimoliy Amerika

C. Janubiy Amerika           D. Yevrosiyo

18. Yevrosiyoning qaysi iqlim mintaqasi juda katta maydonni egallaydi.

A. Ekvatorial          B. Mo‘tadil           C. Tropik         D. Subekvatorial

19. O‘rta Osiyoni alohida tabiiy geografik o‘lka sifatida ajratishga asos bo‘ladigan nechta xususiyatlari bor?

A) 6         B) 7        C) 8       D) 10
20. Toshkentda oxirgi kuchli zilzila nechanchi yilda sodir bo‘lgan?

A) 1970        B) 1965          C) 1961           D)1966

21. «Atlas» atamasi fanga kim tamonidan kiritilgan?

A) Eratosfen       B) Magellan       C) Merkator       D) Beruniy
22. O‘rta Osiyoning eng baland cho‘qqisini belgilang.

A) Tirichmir       B)  Hazrat Sulton       C) Manas             D) G‘alaba

23. O‘rta Osiyoning eng past nuqtasini  belgilang.

A) Mingbuloq             B) Mirzacho‘l         C) Qoragiyo       D) Mug‘ojar

24. O‘rta Osiyodagi eng ko‘p sonli va eng yirik millat qaysi?

A) Qozoqlar        B) Tojiklar        C) O‘zbeklar       D) Turkmanlar
25. Qoraqum va Qizilqum cho‘llarida relyef hosil qiluvchi asosiy omilni belgilang.

A) Quyosh nuri    B) Nurash         C) Shamol       D) B va C javob to‘g‘ri

26. Yer po‘stining hosil bo‘lishi va o‘zgarib hozirgi holatga kelguncha ketgan vaqt-nima deyiladi?

A) Geologik vaqt           B) Geoxronologik vaqt

C) Taqvim                     D) To‘g‘ri javob yo‘q

27. O‘rta Osiyo shimoldan janubga necha kilometr cho‘zligan?

A) 200 km      B) 2200 km       C) 2500 km      D) 2750 km

28. O‘rta Osiyoning eng shimoliy chekka nuqtasini belgilang.

A) Termiz shahri                             B) Childutaron qishlog‘i

C) Ayirtov yaqinida                         D) Xabarsu dovoni

29. O‘rta Osiyo aholisi qancha?

A) 50 mln        B) 26 mln        C) 70 mln       D) 80 mln
30. 1:10000. Bu qanday  masshtab?

A) Mayda masshtab        B) Yirik masshtab
C) O‘rta masshtab           D) Nomli masshtab

 

uz_UZUzbek