5-sinf Geografiya fanidan test savollari (Yillik)
24.03.2017
1-sinf Matematika fanidan dars ishlanma
25.03.2017
Show all

1-sinf Matematika fanidan dars ishlanma

Boshlang‘ich ta’lim dars  ishlanmasi

Sinf: 1-,,V’’

Mavzu: 20  soni  tarkibi .1- 7-misol  va  masalani  yechish.

Darsning  maqsadi :

  1. Ta’limiy:O’quvchilarning bir  va  ikki  xonali  sonlar  haqida  egallagan  bilimlarini  boyitib  boorish , 20  sonining  tarkibi  haqida  tushuncha  berish  ikki  xonali  sonlarni  xona  birliklariga  ajrata  olish .
  2. Tarbiyaviy:Dars o’tish  jarayonida  hamjihatlik , birodarlik  va  do’stlik  tuyg’ularini  singdirish .

d)Rivojlantiruvchi:Matematik  nutq , xotirani  va  mustaqil  fikrlab  yechishni  rivojlantirish.

Dars  turi:Yangi  bilimni  shakllantiruvchi  dars.

Dars  metodi :Ko’rgazmalilik , amaliy  mashg’ulot  , BBB  metodidan  foydalanish   va  guruhlarda  ishlash .

Dars  jihozi:1- sinf  matematika  darsligi , sonly  kartochkalar , sanoq  cho’plar  va  AKT  dan  foydalanish.

Darsning  borishi :

Tashkiliy  qism:  Darsda  bilaman.

-Davomatni  aniqlash.

-Navbatchi  sinf  haqida  hisobot  beradi .

Bizning  shior:

O’rgat  –  o’rgan  shiori

Boshlang’ich  poydevori.

Sog’  tanda  sog’lom  aql ,

Biz  bunga  doim  kafil !

Darsimiz:

-Matematika .

 

Matematika  fanini

O’rganmasak  bo’lmaydi .

Hisob – kitobsiz  hayot ,

Aniq  ravshan  bo’lmaydi .

 

O’quvchilar  siz  qaysi  fanga  qiziqasiz ?

Matematikaga .

Matematikadan  siz  nimalarni  bilasiz ?

-Juda , juda  ko’p  narsalarni .

Prezidentimiz  tomonidan  2016-yil  qanday  nomlandi ?

-Sog’lom  ona  va  bola  yili.

O’quvchilar  siz  qanday  tilni  o’rganmoqdasiz ?

-Ingliz  tilini  o’rganmoqdamiz .

Ingliz  tilida  yil  fasllari  haqida  nimalarni  bilasiz ?

-Yil  fasllari  haqida  qo’shiq  aytiladi . (o’quvchilar  ijrosida )

O’quvchilarni  guruhlarga  ajratib  olish  uchun , maymun  yiliga  atab  o’yin  tashkil  qilamiz. 2016 – yil  maymun  yili .

Mana  qish  fasli . Yerlar  oppoq  qor . Havo  sovuq . Maymunlar  u  daraxtdan  bu  daraxtga  sakrashadi .

Maymunning  eng  sevimli  taomi  nima ?

Banan!!!

Mana  har  bir  to’daga  bittadan  banan .

 

Fevral  oyida  qanday  buyuk  kishilar  tug’ilishgan ?

  1. Navoiy  soz  mulkining  sultoni . 1441-  yilda  9- fevralda  tug’ilgan.

 

Z.M. Bobur  shoh  va  shoir. 1483-yil  14-  fevralda  tug’ilganlar.

 

To’ra  Sulaymon  shoir . 1934-yil  15-  fevralda  tug’ilganlar .

 

1-guruh:A. Navoiy

2-guruh;M.Bobur.

3-guruh:T.Sulaymon.

 

O’tilgan  mavzuni  mustahkamlash :

O’     quvchilarni  11  dan  19  gacha  bo’lgan  sonlarni  tartib  bilan  terib  joylashtirish.

(o’quvchilar  bittadan  sonni  qo’lida  olib  tartib  bilan  ushlab  turadi  ).

 

Har  bir  o’quvchi  sanoq  cho’plar  yordamida  bittadan  o’nlik  hosil  qiladilar.

 

Yangi  mavzu  bayoni :Darsda  bilmoqchimah .

  Bugun  biz  siz  bilan  20  soni  tarkibi  bilan  tanishamiz . 20-  sonida  ta  o’nlik  va  ta  birlik  borligi  aytiladi .

 

Yoningizdagi  sanoq  cho’plardan  ta  o’nlik  hosil  qiling .

 

20  sonidan  bir  qator  yozamiz .

 

3  ta  guruh  musobaqa  tarzida  20  sonini  hosil  qilish  uchun  misol  yechadilar .

  10+10=20

  19+1=20

  1+19=20

G’olib  guruhga  rag’bat  kartochkalari  beriladi .

 

  • misol

 

Darslikda  berilgan  misol  asosida  misol  yechamiz .

 

Biz  tabiatni  sevish  va asrashimiz  kerak . Chunki  mevalar  tabiat  ne’matidir . Meva  vitaminga  boy . Meva  yeyishda  gigenaga  amal  qilishimiz  kerak .Shundagina  sog’lom  bo’lamiz. Yurtboshimiz  aytganlaridek  sog’lom  bola  bo’lib  yetishamiz .

 

10+10=20

Qo’shishning  hadlarini  ayting.

10-qo’shiluvchi

10-qo’shiluvchi

20-yig’indi.

 

20-10=10

20-kamayuvchi

10-ayriluvchi

10-ayirma.

 

  2-masala.

Masalani  doskada  yozib  yechamiz.

 

Bor  edi  – 20  ta  t.

Sotildi – 10  ta  t.

Qoldi – ?  ta

Yechish: 20-10=10  ta

Javob : 10  ta  televizor  qoldi

 

Siz  kelajakda  qanday  kasb  egasi  bo’lishni  xohlaysiz ?

Kim  sotuvchi  bo’moqchi ?

 

3-Misol

 

Darslikda  berilgan  doirachalar  sonini  sanang .

19+1=20

20-1=19

20  sonida  2  ta  o’nlik  bor , birlik  o  ta .

19  sonida  1  ta  o’nlik , 9  ta  birlik  bor .

 

Dam  olish  daqiqasi:

(televizordan  olamiz )

 

4-masala.

1-poyezdda  -19  ta

2-poyezdda  – ?, 1  ta  ortiq

Yechish :19+1=20  ta

Javob : 2-  poyezdda  20  ta  vagon  bor.

 

Kelajakda  kim  haydovchi  bo’lmoqchi ?

Poyezdni  kim  boshqaradi ?

Poyezd  qayerdan  yuradi ?

5-  misol .

Zanjir  usulida  misol  yechamiz . Doskada  bajaramiz .

10+1=20

20-10=10

10+9=19

19+1=20

 

Har  bir  guruhdan  o’quvchilar  misolni  doskada  bajaradilar   va  rag’bat  kartochkalari  beriladi .

 

Dam  olish  daqiqasi :

 

Ingliz  tilida  barmoq  haqidagi  she’r  qo’shig’I  aytiladi .

 

6-misol.

  Mustaqil  ish .

  Taqqoslang .

20* 19

19 * 19

19  *  20

20  *  20

 

Har  bir  o’quvchiga  tarqatma  material  tarqailib  chiqiladi . Yulduzchalar  o’rniga  kerakli  belgini  o’quvchilar  mustaqil  belgilaydilar .

Har  bir  o’quvchi  o’z  o’zini  baholaydi .Yulduzchalar  yopishtiradilar.

Sariq – 5 b.

Ko’k – 4 b

Yangi  mavzuni  mustahkamlash:

Darsda  bilib  oldim.

1.20  sonini  sanoq  cho’plar  yordamida  parta  ustida  yozish.   20.

  1. 3 ta qatorga  shakllarni  orqasiga  misol  yozib  tarqataman . Yechgan  o’quvchilarga  rag’bat  kartochkasi  beriladi .

 

19+1=*                           15+5=*                20-10=*

18+2=*                           20+0=*                10+10=*

 

Uchburchak

To’rtburchak

Doira

Qaysi  shakl  boshqalaridan  farq  qiladi ?

-Doira.

Nimasi  bilan  farq  qiladi ?

-Doirada  burchak  yo’q.

O’quvchilarni  baholash  va  rag’batlantirish . G’olib  guruhni  aniqlash .

O’quvchilar  kayfiyatini  aniqlash  uchun  o’quvchilar  daftarlariga  rasm  chizadilar .

(quyosh , bulut , yomg’ir )

 

Uyga  vazifa : 7-  misol .

 

uz_UZUzbek