1-sinf Matematika fanidan dars ishlanma
25.03.2017
6-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma
25.03.2017
Show all

1-sinf Matematika fanidan dars ishlanma

Sinf:  1-“D”

Fan: matematika 

Darsning mavzusi: Ikki xonali sonlarni ayirish

Darsning maqsadlari:

  1. Ta’limiy: o‘quvchilarni o‘tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarni boyitib borish. Ikki xonali sonlarni ayirish to‘g‘risida bilim, malaka va ko‘nikma hosil qilish
  2. Tarbiyaviy: Dars jarayonida o‘quvchilarni ahillik, hamjihatlik, hozirjavoblik fazilatlarini tarbiyalash
  3. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarga mavzuni yetkazish jarayonida ularni faollik, tirishqoqlik, zukkolik qobiliyatlarini rivojlantirib borish.

Darsning turi: Yangi bilim, ko‘nikma, malaka hosil qilish

Dars uslubi: savol-javob, og‘zaki, yozma

Dars jihozi: Darslik, tarqatma materiallar, 5-misolga oid plakat, rasmlar

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism. 5-minut

O‘quvchilarni darsga jalb etish, navbatchi axborotini tinglash. Fasllar to‘g‘risida suhbat ingliz tilida.

  1. O‘tilganlarni mustahkamlash 10 minut

Og‘zaki savol-javob o‘tkazish

  1. Bir xonali sonlarni aytib bering
  2. Ikki xonali sonlarni aytib bering
  3. 44 + 15; 51 + 17; 61 + 17 – ifodalarni hisoblang.

Bir, ikki bu hisob

Raqamlarni o‘ylab top.

Hisob darsi aql dars,

Savollarga to‘g‘ri javob top?

“Xotira mashqi”

20 + 12 = 32                            56 + 12 = 68

16 + 12 = 28                            26 + 32 = 58

Yangi mavzu bayoni 25 minut

38 – 17 = 21                   30 – 17 = 13

30 – 10 = 20                   38 – 10 = 28

8 – 7 = 1                        28 – 7 = 21

20 + 1 = 21

Ikki xonali sonlarni ayirishda o‘nliklar o‘nliklardan, birliklar birliklardan ayiriladi.

2-misol.

77 – 35 = 42                   58 – 27 = 31                   45 – 21 = 24

38 – 14 = 24                   69 – 38 = 31                   77 – 46 = 31

3-misol

90 – (20 + 30) = 40                            (69 – 28) + 9 = 50

4-masala.

1-metro vagonida – 48 nafar y .

2-metro vagonida – 17 nafar kam y.

Ikkala vagonda – ?

Yechish. 48 – 17 = 31 + 48 = 79

Javob: 79 nafar yo‘lovchi bor.

5-misol.

 

Quyidagi shakllarni qog‘ozni buklash yo‘li bilan hosil qiling.

Dam olish daqiqasi:

Kulrang g‘ozlar uchdilar

Ko‘lmakchaga qo‘ndilar.

U yon bu yon qarashib

Yana uchib ketdilar.

 

Mustahkamlash.

 “Imkon shou” o‘yini. 

Tezkor savollar.

  1. Ekinning qoni nima? (suv)
  2. Osmonning ko‘z yoshlari (yomg‘ir)
  3. Suv ostida qanday tosh bo‘lmaydi (quruq)
  4. Kechqurun Quyosh chiqadimi oymi? (oymomo)
  5. Ma’rifat maskani qayer? (kutubxona)
  1. Ilm o‘chog‘i (maktab)
  2. Vatanimiz yuragi (Toshkent)
  3. Aloqa vositasi odam organizmidan (til)
  4. Barcha hunarning toji (ilm)
  5. Aql gimnastikasi (shaxmat)

Ikki xonali sonlarni ayirish qoidalarini ayting va misollarni yeching

54 – 42 =              44 – 21 =                                 55 – 22 =

 

Xulosalash.

Darsda faol ishtirok etgan bolalarni rag‘batlantirish

 

uz_UZUzbek