1-sinf Matematika fanidan dars ishlanma
25.03.2017
1-sinf Matematika fanidan dars ishlanma
25.03.2017
Show all

1-sinf Matematika fanidan dars ishlanma

Fan: Matematika

Sinf: 1

Mavzu:    20 soni tarkibi.

Maqsad:  a) ta’limiy: O’quvchilarning bir va ikki xonali sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib boorish, 20 soni tarkibi haqida tushuncha berish.Ikki xonali sonlarni xona birlikaalariga ajrata olish.

  1. b) tarbiyaviy: O’quvchilar orasida do’stona muhit yaratish, bir-birini fikrini hurmat qilishga chaqirish, hamjihatlik, birodarlik tuyg’ularini singdirish.
  2. d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarning mantiqiy tafakkurini, matematik nutq, xotirasini rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars metodi: savol-javob, ko’rgazmali, guruhlarga ishlash.

Dars jihozi: 1-sinf “Matematika” darsligi, mavzuga oid didaktik materiallar, ko’rsatma materiallar, AKT, sonli kartochkalar.

                                      Darsning vaqt taqsimoti.

  1. Tashkiliy qism- 5 d
  2. O’tilganlarni takrorlash-10-d
  3. Yangi mavzu bayoni-15 d
  4. Darsni mustahkamlash-10 d
  5. Darsni yakunlash-5 d

 

Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qism

-o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

-aylanma daftarlarni almashtirish

-oy,sana,kunni so’rash.9-fefral qanday kun?

1-o’quvchi: Buyuk mutaffakkirimiz A. Navoiy tavallud topgan kun. Alisher Navoiy 1441-yil 9- fevralda Hirotda tug’ilgan.

2-o’quvchi:  G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish

          El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish

              Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa

             Bulbulg’a tikandek oshyon bo’lmas emish.

  1. O’tilganlarni mustahkamlash.

– Uyga berilgan topshiriq so’raladi

– O’qituvchi: Bugun sinfimiz o’quvchilarini 3 guruhga bo’lib olamiz

1-guruh: “Zukkolar” deb atadik

       Ahil guruhimizni

       Ilohim baland qilsin

       Nomus g’ururimizni

2-guruh: Bo’laylik muruvatli

       Bilimdon o’g’il qizlar

       Atadik “bilimdon “ deb

       G’ururimizni bizlar

3- guruh:  “Topqirlar” deb atadik

        Inoq guruhimizni

        Ilohim issiq qilsin

        Bizlarning yuzimizni

O’qituvchi guruhlarni baholab borishni tushuntirib beradi.

O’qituv chi: O’quvchilar davlatimiz ramzlari nimalardan iborat.

1-o’quvchi: Ko’k, yashil, oq rang bor

          Va qip-qizil chizig’i

          Porlab turar yarim oy

          Ham 12 yulduzi

          Budir ustozjon bayroq

2- o’quvchi:  U nimadir, unda jodir rizqimiz

           U nimadir mehnatimiz ko’zgusi

           U nimadir xumo qushi baxtimiz

           Buni bilurman o’zim, bu gerbimizdir ustozjon

3-o’quvchi:  U nimadir, uni tinglab dillar lol

           U nomadir kuylar bizga baxt iqbol

           U nimadir ohangidan dillar lol

                     Bu mening javobim buyuk madhiyam

Juda ham yaxshi. Endi 3 guruhdan 3 o’quvchi chiqib olmachalar orqasidagi savollarga javob beradi.

Guruhlar baholanadi.

  • Yangi mavzu bayoni.

Bugungi yangi mavzumiz: 20 soni tarkibi.

20 soni tarkibi o’quvchilarga plakatdagi yozuvlarga asosan tushuntiriladi.

Darslik bilan ishlanadi.

1-misol. (og’zaki) Sariq noklar 10 ta, yashil noklar 10 ta

                 10+10=20                             20-10=10

2-masala(yozma)   Ertalab do’konga 20 ta telivizor bore di. Kechgacha 10 ta televizor sotildi. Nechta telivizor qoldi ?

Bore di -20 ta

Sotildi -10 ta

Qoldi -? Ta

Yechish: 20-10=10 (ta)

Javob: 10 ta televizor.

3-misol ( og’zaki)

19+1=20          20-1=19

 

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.

4- masala( yozma )

Birinchi poyezdda 19 ta, ikkinchi poyezdda undan 1 ta ortiq vagon bor. Ikkinchi poyezdda nechta vagon bor?

!- poyezdda -19 ta

2- poyezdda -?, 1 ta ortiq

Yechish:  19+1=20 (ta)

Javob:  20 ta vagon

5- misol ( og’zaki )

19 +1-10+9+1=?

6- misol (taqqoslang)

20>19                     19=19          19<20     20=20

  1. Darsni mustahkamlash

O’quvchilar matematikaga oid maqollar ham bilasizmi?

1-guruh: Yetti o’lchab bir kes

                Bilagi zo’r birni yiqar

                Bilimi zo’r mingni

2-guruh: Birni kessang  ,      mingni ek

                Oyning o’n beshi qorong’I bo’lsa, o’n beshi yorug’

3-guruh: Bir yigitga qirq hunar oz

                 Bir yil tut eksang kishi

                  Ming yil gavhar teradi

“Bozor” o’yini o’ynaladi

Dehqon o’zining maxsulotini sotadi: Kep qolinglar, yeganlar armonda, yemaganlar darmonda, shirin-shakar mevalardan ob qolinglar.

3 guruhdan 3 o’quvchi chiqib mevalarning narhini so’raydi

 

Uzum – 1000 so’m

Olma –  500  so’m

Limon – 1000 so’m

Shaftoli – 500 so’m

Mandarin -1000 so’m

Banan – 1500 so’m

Har bir guruh a’zosi 2000 so’mlik xarid qilishi kerak.

  1. Darsni yakunlash.

Guruhlar ballari jamlanib, darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi

Uyga vazifa: 7 – misol.

 

 

uz_UZUzbek