Sana: _____________
Sinf: 7-B
Fan: Algebra
1-Mavzu: 5 va 6-sinflarda o‘tilganlarni takrorlash
Darsning texnologik xaritasi
1. Maqsad va vazifalar Ta’limiy maqsad: 5 va 6 –sinflarda o‘tilgan mavzularni yodga olish va mustahkamlash
Tarbiyaviy maqsad: Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarga test tarqatmalar tarqatib, mavzuga oid savol- javoblar o‘tkazib ularning aqliy tafakkurini
rivojlantirish
2. O‘quv jarayonini
amalga
oshirish texnologiyasi Dars turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiruvchi
Dars usuli: “Aqliy hujum” , “Zinama-zina”
Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid ko‘rgazmali vositalar
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida
3. Kutiladigan natijalar O‘quvchilar quyi sinflarda olgan ma’lumotlarini takrorlab mustahkamlash. Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg‘or usullari vositasida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishiga erishadi. O‘quvchi faolligini oshiradi. O‘quvchilarda algebra faniga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.
4. Kelgusidagi rejalar O‘qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va darsga tadbiq etish takomillashirish, o‘z ustida pedagogik mahoratni oshirish.
O‘quvchi: Mavzu yuzasidan beriladigan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon etadi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.
5. Uyga vazifa 5- va 6- masalalar