9-sinf Informatika » Tarmoqlanish va o‘tish operatori» mavzusi asosida yozilgan bir soatlik dars ishlanma
Bir soatlik dars ishlanmasi DTS va “Dars muqaddas” asosida tuzilgan bo‘lib, 9-sinf informatika fanidan sinfda 16 nafar o‘quvchini o‘qitishga mo‘ljallangan. Sinfdagi o‘quvchilar guruhlarga bo‘lingan holda dars olib boriladi.. Ishlanmada , “Do‘stingni top” metodi , “So‘z” o‘yini, “Tushunchalar tahlili” metodi, (o‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlash) interfaol usuli, ”Kompyuter bilan muloqot” metodidan foydalanilgan. Bu usullarning qo‘llanilishi o‘quvchilarda ziyraklilik, e’tiborlilik, hamda chaqqonlik xususiyatlarini rivojlantiradi. Power Point dasturida tayyorlangan taqdimotlar va mavzuda qo‘llanilgan videodarslar esa mavzuning o‘quvchilar xotirasida mustahkamlanishi va ular ongida nazariy tushunchalardan ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarining hosil bo‘lishida yordam beradi, hamda amaliy bilimlarini oshiradi. Ishlanmada keltirilgan amaliy mashqlar mustaqil ish o‘quvchilarda dasturlash bilimlarni oshirishda yordam beradi.