O’zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari mavzusi asosida yozilgan bir soatlik dars ishlanma
O’quvchilarning intellektual bilim olishida yaratilgan zamonaviy kompyuter dasturlaridan oqilona foydalanish ta’lim tizimida sifat o’zgarishga olib kelishida hech shubhamiz yo’q. Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy talabi har bir dars ko’rgazmalarga boy, o’quvchilarni faollashtira oladigan, mustaqil fikrlashga o’rgatadigan bo’lishi, hamda o’quvchilar kompyuterdan mustaqil foydalana oladigan bo’lishlari uchun amaliy ishni birgalikda olib borishlari lozim bo’ladi. Ushbu dars ishlanmasi o’quvchilarning dastur yaratishni o’rganishi uchun zarur boshlang’ich ma’lumotlarni berishga mo’ljallangan bo’lib, unda asosan o’zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlarining qo’llanishi haqida batafsil amaliyotga yondoshilgan holda o’rgatilishi nazarda tutilgan.