1.”Ish bilan ta’minlash, foizlar va pullarning umumiy nazariyasi” kitobining muallifi kim?
a)Adam Smit; b)J.M.Kens ; c)Alfred Marshall; d)Ksenofont.
2.Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun javobgarligi necha yoshdan boshlab vujudga keladi?
a)14 b)15 c)16 d)18
3.Qaysi budjetga tushishiga qarab soliqlarni farqlaydilar?
a)Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar
b)Bevosita va bilvosita soliqlar
c)Davlat va mahalliy soliqlar
d)Hech qaysi soliqlar farqlanmaydi
4.Korxona umumiy xarajatlari 320 mln so‘m, shundan 40% doimiy xarajat bo‘lsa, doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar miqdorini toping?
a)FC=128mln; VC=8mln b)FC=128mln; VC=192mln
c)FC=300mln; VC=192mln d) FC=8mln; VC=312mln
5.Pulning o‘lchov vositasi vazifasi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
a)Bankka 150000 so‘m omonat qo‘yildi
b)80000 so‘mga tufli sotib olindi
c)Kreditga 100000 so‘m olindi
d)Uyning narxi 24000000 so‘m deb belgilandi
6. Qarorning qadr-qimmati va nafi nima bilan o‘lchanadi?
a)Insoniy va moddiy kapitallari yig‘indisi bilan o‘lchanadi
b)Puli va boyligi bilan o‘lchanadi
c)Alohida olingan shaxsga hamda jamiyatga keltiradigan qiymati bilan o‘lchanadi
d)Aqliy mehnat mahsuli bilan o‘lchanadi
7.Miloddan avvalgi nechanchi asrda mamlakatimizda oltin, kumush tangalar zarb qilina boshlangan?
a)IV-III asrlardayoq; b)II-IV asrda; c)V-VI asrda; d)III-IV asrda
8.Maqolni davom ettiring: “Boylik molning ko‘pligida emas, ……….”
a)Aqlning ko‘pligida. b)Ko‘ngilning yumshoqligida.
c)Molning ko‘pligida. d)Ko‘ngilning to‘qligida.
9.”Barcha hollarda bozorda sotish uchun qanchalik ko‘p narsalar keltirilsa, ularning o‘z xaridorini topa oladigan narxi shunchalik past bo‘ladi” degan g‘oyaning muallifi kim?
a)Adam Smit; b)Alfred Marshall; c)Ksenofont; d)Jon Meynard Keyns.
10.Qaysi iqtisodiyot tizimida-Nima? Qanday?Kim uchun?degan savollarga jamiyatda saqlanib kelayotgan 100 yillik an’analarga muvofiq javob beriladi?
a)Aralash iqtisodiyot tizimda b)An’anaviy iqtisodiyot tizimda
c)Markazlashgan rejali iqtisodiy tizimida d) Bozor iqtisodiyotida
11.Finlandiya, Norvegiya va Kanada kabi qator davlatlarda qaysi iqtisodiy tizim hukm surmoqda?
a)Aralash iqtisodiyot; b)An’anaviy iqtisodiyot
c)Markazlashgan rejali iqtisodiyot d)Bozor iqtisodiyot
12.Kapital resurslarga nimalar kiradi?
a)Oltin, kumush va bronza; b)Havo, suv va quyosh
c)Bino va inshootlar d) Yer osti va yer usti boyliklari
13. Agar tovar narxi talab va taklif chiziqlari kesishgan nuqtadan pastda bo‘lsa quyidagi holatlardan qaysi biri yuz beradi;
a) Tovar ortiqchaligi; b) Tovar taqchilligi; c) ishsizlik oshadi; d) barcha javoblar noto‘g‘ri
14.”Insonga xos orzu-intilishlarni ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan moddiy va manaviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki o‘rinli bo‘ladi”. Bu so‘zlar I.A.Karimovning qaysi asaridan keltirilgan?
a)Yuksak manaviyat-yengilmas kuch
b)O‘zbekiston mustaqillik ostonasida
c)Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va O‘zbekiston sharoitda uni bartaraf etish yo‘llari va usullari
d)Kuchli davlatdan-kuchli jamiyat sari
15.Narxlarning rag‘batlantirish vazifasini toping?
a) Bino egasi uni ofis binosi uchun ijaraga beradi
b) Gaz,elektr energiyasi,ko‘mir,o‘tin va boshqa yonilg‘ilarni sotib olish
c) Soya o‘simligining narxi makkajo‘xori narxiga nisbatan ortishi fermerlarni ko‘proq soya o‘simligi va kamroq makkajo‘xori ekishga da’vat etadi
d) Ishchi kuchi uchun ham ish haqi to‘lanadi
16.Qaysi iqtisodchi olim fikri bo‘yicha millat boyligi ishlab chiqarish hajmiga bog‘liqdir?
a) Adam Smit; b) Alfred Marshall; c) Jon Meynard Keyns; d) Ksenofont
17.Bozor tizimida nima iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga tovarni ishlab chiqarish hamda taqsimlash bo‘yicha qimmatli ma’lumot beradi?
a) Bozor ; b) Narx; c) Iste’molchi; d) Ishlab chiqaruvchi
18. Davlatning asosiy maqsadlari __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
19. To‘la bandlik -____________________________________________________________
_________________________________________________________________________
20. Sof ichki mahsulot (SIM)- _________________________________________________
_________________________________________________________________________
21. Iqtisodiy davr-___________________________________________________________
_________________________________________________________________________
22. Monopoliya ____________________________________________________________
_________________________________________________________________________
23. Yalpi talab_____________________________________________________________
_________________________________________________________________________
24. Iqtisodiy o‘sish______________________________________________________
_________________________________________________________________________
25. Davriy ishsizlik-_________________________________________________________
_________________________________________________________________________