1. Talab inflyatsiyasining kelib chqishiga nimaning o‘sishi sabab bo‘lishi mumkin?
a) soliqlarning;
b) firmalarning tovar va xom ashyo zahiralarining;
c) pul taklifining.
d) energiya manbalari narxining;
2. Biror bir tovar talab egri chizig‘ining o‘ngga siljishi nimani anglatadi?
a) Tovar taklifining bir qancha sabablarga ko‘ra kamayganini.
b) Tovar narxining oshishi natijasida iste’molchilarning bu tovarni kam xarid qilishga qaror qilganligini;
c) Tovarning narxidan qat’iy nazar bu tovarga bolgan qiziqishning yo‘qoriligi natijasida uni oldingidan ham ko‘proq sotib olinayotganini;
d) Bu tovar narxi tushib, iste’molchilar uni oldingidan ko‘proq sotib olishayotganini
3. Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar narxi oshganda…
a) talab egri chizig‘i yuqoriga va o‘ngga siljiydi.
b) taklif egri chizig‘i yuqoriga va chapga siljiydi.
c) taklif va talab egri chiziqlari yuqoriga siljiydi.
d) taklif egri chizig‘I pastga va o‘ngga siljiydi.
4. Hozirgi sharoitda regressiv soliqqqa nima misol bo‘ladi?
a) daromad solig‘i; b) qo‘shimcha qiymat solig‘i;
c) mulk solig‘i; d) korxonalar foydasidan olinadigan soliq.
5. Quyidagilardan qaysi biri bozor talabiga ta’sir etmaydi?
a) istemolchilar daromadi; b) o‘zaro bog‘liq tovarlar va narx;
c) resurslar narxi d) iste’molchilar soni.
6. Agar talab kamaysa talab egri chizig‘i qaysi tomonga siljiydi?
a) pastga va chapga; b) Soat strelkasi bo‘yicha;
c) Tepaga va o‘ngga; d) Soat strelkasiga teskari yo‘nalishda.
7. Qanday omilning o‘zgarishi talab egri chizig‘ini o‘zgartirmaydi?
a) iste’molchilar didining o‘zgarishi; b) Milliy daromadni taqsimlanish miqdori;
c) Tovar narxi; d) Iste’molchilar soni va mahsulotni qaytarish.
8. Texnologiya taraqqiyoti natijasida :
a) talab chizigi yo‘qoriga va o‘ngga siljiydi; b) talab chizigi pastga va o‘ngga siljiydi;
c) Taklif chizig‘i pastga va o‘ngga siljiydi; d) Taklif chizig‘i yo‘qoriga va chapga siljiydi
9. Ishlab chiqarilgan mahsulotning qo‘shimcha ikkinchisini past narxda sotib olishga tayyorlik holati bu
a) o‘rindoshlik samarasi b) foydalilik koeffisentining kamayib borishi
c) daromad samarasi; d) taklif qonuni deb ataladi.
10. Qachon tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda bo‘ladi?
a) Talab taklifga teng bo‘lganda ;
b) narx = xarajatlar + foyda ga teng bo‘lganda;
c) texnologiya darajasi asta-sekin o‘zgartirilsa;
d) Talab miqdori taklif miqdoriga teng bo‘lganda.
11. Agar ,bozordagi narx muvozanat narxdan past bo‘lsa, u holda:
a) tovar ortiqchaligi vujudga keladi; b) tovar taqchilligi yuzaga keladi;
c) iste’molchi bozori shakllanadi; d) Jamiyatning umumiy ahvoli yaxshilanadi.
12. Tovarga bo‘lgan talab va taklifning bir vaqtda oshishi nimaga olib keladi?
a) Narx oshadi. b) Tovarning umumiy miqdori oshadi;
c) Narx o‘zgarmasdan qoladi; d) Jamiyatning umumiy ahvoli yaxshilanadi
13. Agar tovar narxi talab va taklif chiziqlari kesishgan nuqtadan pastda bo‘lsa quyidagi holatlardan qaysi biri yuz beradi;
a) Tovar ortiqchaligi; b) Tovar taqchilligi; c) ishsizlik oshadi; d) barcha javoblar noto‘g‘ri
14. Tovarni bir bozordan past narxda sotib olib, ikkinchi bozorda qimmat narxda sotish
quyidagilardan qaysi biriga ta’luqli emas ?
a) foyda olish maqsadidagi jarayon;
b) yuqori darajadagi narxlarda bozordagi taklifni oshirish vositasi;
c) bozorlardagi narxlarning turlicha ekanligi;
d) Bozorda yuqori darajadagi narxlarda talabni oshirish vositasi
15. Savdogarlik faoliyati natijasida…
a) qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga xavf oshadi; b) narxlarning noqat’iyligi darajasi oshadi;
с) iqtisodiy to‘ntarishlar roy beradi; d) Har doim foyda ko‘riladi
16. Agar Markaziy bank davlat obligatsiyalarini aholidan sotib olsa, bu choraning maqsadi:
a) tijorat banklari zaxiralarining yalpi hajmini kamaytirishda iborat;
b) aholini jamg‘arma miqdorini oshishini rag‘batlantirishdan iborat;
c) Markaziy bankning tijotar banklariga beradigan qarzi hajmini osirishdan iborat;
d) tijorat banklari yalpi zahira miqdorlarini oshirishdan iborat;
17. Talab va taklif narx rolini boshqaruvchi sifatida quyidagilarning qaysi birida ishlatilishi mumkin?
a) Tovar bozorida; b) resurs bozorida; c) valyuta bozorida; d) har qanday bozorda
18.Tanlovning muqobil qiymati -_________________________________________________
_____________________________________________________________________________
19. Talab miqdori-_____________________________________________________________
____________________________________________________________________________
20. O‘zaro bog‘liq tovarlar- _____________________________________________________
_____________________________________________________________________________
21. Ijtimoiy ehtiyojlar -_________________________________________________________
_____________________________________________________________________________
22. Fond birjalari-______________________________________________________________
_____________________________________________________________________________
23. Ratsionallik-_______________________________________________________________
_____________________________________________________________________________
24. Umumiy xarajatlar-_________________________________________________________
_____________________________________________________________________________
25. Marjinal xarajatlar- ________________________________________________________