1. Quyidagilardan qadimgi Rim tarixchilari berilgan qatorni toping.
1) Plutarx; 2) Aristobul; 3) Kaligula; 4) Kvint Kursiy Ruf; 5) Pompey Trog; 6) Polien; 7) Tit Liviy; 8) Strabon; 9) Arrian; 10) Ksenofont; 11) Tatsit; 12) Ktisey.
A) 1, 4, 5, 7, 11 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 3, 4, 7, 10, 11 D) 1, 3, 5, 7, 8, 9, 11, 12
2. Qaysi Rim imperatori buyrug‘i bilan Vizantiy shahridagi barcha eski binolar buzib tashlanadi?
A) Oktavian B) Feodosiy C) Trayan D) Konstantin
3. Qadimgi Rim va Yunonistonning bir-biriga mazmunan to‘g‘ri keluvchi xudolari keltirilgan javobni aniqlang. A) Fortuna – Artemida B) Mars – Nika C) Vista – Geleos D) Vulkan – Gefest
4. Rivoyatlarga qaraganda, qaysi hukmdor jang oldidan xristianlik ramzini o‘z askarlari qalqonlariga chizishga buyruq bergan va jangda g‘alaba qozongan?
A) Pontiy Pilat B) Feodosiy C) Konstantin D) Trayan
5. G‘arbiy Rim imyeriyasi qulashidan 66 yil ilgari bo‘lib o‘tgan voqeani aniqlang
A) Rim gotlar tomonidan istilo qilindi B) Buyuk ipak yo‘li kashf qilindi
C) Trayan imperiya taxtiga chiqdi D) Parfiya davlati inqirozga uchradi
6. Qadimgi davr diniy e’tiqodlaridagi bir-biriga mos keluvchi xudo-ilohlar qatori ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni aniqlang. 1. Amon-Ra –Shamash; 2. Dionis–Vulkan;
3. Anubis – Aid; 4. Tot –Sina; 5.Yustitsiya – Maat;
6. Diana –Venera 7. Morfey–Gipnoz; 8.Ishtar – Ares; 9.Germes – Xatxor
A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 4, 5, 7, 8 C) 1, 2, 4, 7, 8, 9 D) 2, 3, 5, 6
7. Quyidagi qaysi qadimgi davlat armiyasida “toshbaqa” deb nomlangan himoya taktikasi mavjud bo‘lgan? A) Qadimgi Misr B) Qadimgi Yunoniston C) Qadimgi Rim D) Qadimgi Ossuriya
8. Dovon poytaxti Ershini egallab olgan Xitoy qo‘shinlari nima sababdan shaharni tashlab chiqib ketadi?
A) “Samoviy otlar” ni qo‘lga kiritgach, bu yerda qolish zarur emas edi
B) aholining bosqinchilarga o‘tkazgan tazyiqi tufayi C) qish kirib qolganligi sababli
D) shaharga Xitoy qo‘shinlarining sig‘maganligi sababli
9. Surxko‘tal yodgorligidan topilgan yozuv … A) lotin alifbosidagi baqtriya yozuvi edi
B) oromiy alifbosidagi so‘g‘d yozuvi edi C) yunon alifbosidagi kushon bitigi edi
D) so‘g‘d alifbosidagi toxar bitigi edi E) Tuproqqal’a
10. Qadimgi dunyoning suv yoki suv manbaasiga oid xudolari keltirilgan javobni aniqlang. 1) Ea; 2) Geya; 3) Xapi; 4) Indra; 5) Poseydon; 6) Shamash; 7) Neptun; 8) Artimeda; 9) Anaxita; 10) Venera.
A) 1, 3, 5, 7, 9 B) 1, 5, 7, 8, 9, 10 C) 3, 5, 6, 7, 9 D) 3, 5, 6, 7, 8, 10
11. Antiox butun Salavkiylar davlatining hukmdori bo‘lganidan 78 yil o‘tib, …
A) Xitoyda Xan sulolasi hukmronligi boshlandi B) Yunon-Baqtriyada Demetriy hukmronligi boshlandi
C) Rim – Karfagen o‘rtasidagi Zama jangi bo‘ldi D) Yunon-Baqtriyani yuchjelar bosib oldi
12. Olimlarning aniqlashicha, Farg‘ona davlati yirik shaharlari bo‘lgan. Ular qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) Shi, Bityan, Ershi B) Sho‘rabashat, Uchqo‘rg‘on, Ershi
C) An’si, To‘raqo‘rg‘on, Bityan D) Sho‘rabashat, To‘raqo‘rg‘on, Ershi
13. Quyidagi qaysi tarixiy voqealar orasida 88 yil farq bor?
A) Kanna yonidagi jang va Karfagenning butunlay vayron bo‘lishi
B) Etrusklarning Rimga ko‘chib kelishi va Rim davlatining paydo bo‘lishi
C) Rim shahriga asos solinishi va Rimda respublika tizimining o‘rnatilishi
D) Spartak qo‘zg‘olonining boshlanishi va Oktavian Avgustning vafot etishi
14. Yuliy Sezarning o‘limidan 14 yil o‘tgach, Rim tarixida sodir bo‘lgan voqeani aniqlang.
A) Oktavianning butun Rim imperiyasining yakkahokim hukmdori bo‘ldi
B) Yunoniston qirg‘oqlarida Antoniy va Oktavian flotlari o‘rtasida jang bo‘ldi
C) Misr Rim imperiyasi provinsiyasiga aylanishi D) Rimliklar O‘rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarda va Kichik Osiyoda o‘z mavqeini qayta tiklab oldi
15. Konstantin tomonidan imperiya poytaxti Vizantiy shahriga ko‘chirilgach, bu yerga qaysi shaharlardan kolonnalar va haykallar olib kelib o‘rnatildi?
A) Karfagen, Rim, Bobil B) Korinf, Rim, Afina C) Finikiya, Rim, Mekina D) Korinf, Karfagen, Memfis
16. Quyidagi allomalarning yashagan yillariga qarab ketma-ketlikda joylashtiring.
1) Gerodot; 2) Sim Syan; 3) Strabon; 4) Arrian; 5) Kvint Kursiy Ruf; 6) Polien.
A) 1, 6, 2, 3, 5, 4 B) 1, 2, 4, 3, 6, 5 C) 2, 1, 6, 3, 5, 4 D) 1, 2, 3, 6, 5, 4
17. AQSH tashkil topganidan 110 yil o‘tib, …
A) Piza minorasi qayta ta’mirlandi B) Tauer ko‘prigi loyihalashtirildi C) “Ozodlik haykali” bunyod etildi D) Eyfel minorasi qurildi
18. Bugungi kunda Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish (ta’lim) qaysi tillarda olib boriladi? A) o‘zbek, tojik, qirg‘iz, turkman, qozoq, qoraqalpoq, rus
B) o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, qoraqalpoq C) o‘zbek, tojik, qozoq, qoraqalpoq, rus, ingliz, nemis, arab D) o‘zbek, qozoq, ukrain, qoraqalpoq, rus, arab, tojik, ingliz, fransiz, ispan, nemis
19. Ilk o‘rta asr davlatlarining hukmdorlarining qanday nomlanishi aniqlang?
1) Farg‘ona; 2) Ustrushona; 3) Choch; 4) Toxariston; 5) Xorazm; 6) Eloq.
a) afrig‘iylar; b) yabg‘u; c) tudun; d) afshin; e) ixshid; f) dehqon. A) 1-a, 2-d, 3-f, 4-b, 5-e, 6-c B) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a, 6-f C) 1-e, 2-c, 3-d, 4-b, 5-f, 6-a D) 1-d, 2-e, 3-c, 4-a, 5-f, 6-b
20. German qabilalari tuzgan o‘z davlatlari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
1) vestgot; 2) vandallar; 3) ostgotlar; 4) franklar; 5) angl-sakslar
a) Pireneya yarim oroli va Galliyaning bir qismida; b) Shimoliy Afrikada; c) Italiyada; d) Galliyada; e) Britaniyada. A) 1-c; 2-e; 3-a; 4-b; 5-d B) 1-c; 2-d; 3-e; 4-a; 5-b
C) 1-b; 2-c; 3-d; 4-e; 5-a D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e
21. Quyida keltirilgan davlatlarning qaysilarida “ixshidlar” hukmronlik qilgan?
A) Toxariston va Eloq B) So‘g‘d va Farg‘ona C) Choch va So‘g‘d D) Fargona va Toxariston
22. Karlning muhrida qanday so‘zlar zarb qilingan?
A) “Franklar imperiyasi” B) “Buyuk Karl” C) “Muqaddas Rim imperiya” D) “Yangi Rim imperiyasi”
23. Britaniya orolida german qabilalari tomonidan asos solingan qirolliklarni aniqlang.
a) angllar; b) sakslar; c) yutlar. 1) Nortumbriya; 2) Mersiya; 3) Sharqiy Angliya; 4) Uesseks; 5) Sasseks; 6) Esseks; 7) Kent. A) a) 1, 2, 3; b) 4, 5, 6; c) 7 B) a) 7, 1, 3; b) 2, 4, 5; c) 6
C) a) 1, 3, 4; b) 2, 5, 6; c) 7 D) a) 3, 4; b) 1, 2, 5; c) 6, 7
24. Ilk o‘rta asr davlatlarining poytaxtlarini aniqlang. 1) Eloq; 2) Toxariston; 3) Xorazm; 4) G‘arbiy turk xoqonligi. a) Kat; b) Tunkat; c) Yettisuv; d) Balx
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c C) 1-b, 2-c, 3-a, 4-d D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c
25. Narshaxiyning yozishicha, Buxorxudotlar hokimiyati hududi nechta yirik qo‘rg‘on va shaharlardan iborat edi? A) 12 ta B) 22 ta C) 11 ta D) 27 ta
26. Qutayba tomonidan Xorazm diyori ikki qismga ajratilganidan yil 35 yil o‘tib … .
A) Marvon II xalifalik taxtiga o‘tirdi B) Abu Muslim Xurosonga keldi
C) Nasr ibn Sayyor moliya islohatini o‘tkazdi D) Muqanna qozg‘oloni boshlandi
27. Quyidagi hukmdorlarni hukmronlik qilgan davlati bilan muvofiqlashtiring.
1) Farasman 2) Mixirakula 3) Tug‘shoda 4) Divashtich 5) Sobuqtegin. a) Eftallar b) Xorazm c) Panjikent d) G‘azna e) Buxoro A) l-a, 2-b, 3-d, 4-c, 5-e B) l-b, 2-a, 3-e, 4-c, 5-d
C) l-b, 2-e, 3-a, 4-c, 5-d D) l-b, 2-e, 3-a, 4-d, 5-c
28. Arablar jangsiz Marv shahrini egallashlaridan 100 yil o‘tgach … .
A) xalifa Mahdiy Nishopurga keldi B) “Oq kiyimliklar” qozg‘oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qildi
C) Abu Muslim tomonidan yuborilgan qo‘shin Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlariga zarba berib, mamlakat hududidan quvib chiqardi D) Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egalladi
29. Sharqiy Rim imperiyasida qaysi til lotin tilini surib chiqaradi va davlat tiliga aylanadi?
A) arab tili B) turk tili C) yunon tili D) ingliz tili
30. Vizantiyaliklar qayerda poytaxti Ravenna bo‘lgan alohida noiblik tuzishadi?
A) Suriya va Misrda B) Italiya¬da C) Ispaniyada D) Shimoliy Afrikada
31. 570-yil Yamanni egallagan hukmdor nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?
32. 1378-yil, 1380-yilda Rus qo‘shinlari mo‘g‘ullarni qaysi daryolar bo‘yida mag‘lub etgan (ikkita daryo nomi)?
33. Dezideriyni mag‘lub etgan hukmdor mamlakatni necha yil boshqargan?
34. “Dunyo mo‘jizasi” deb nom olgan hukmdor tashabbusi bilan Rim papasi bo‘lgan shaxsning asl ismi nima?
35. “Agar bizning qudratimizga ishonmasang, biz qurdirgan binolarga boq!” ushbu jumla yozilgan inshoot hozirgi qaysi shaharda joylashgan?
36. Harbiy taktika tarixida birinchi marta ot yonida piyoda jang qilish qaysi sarkardalar o‘rtasidagi jangda amalga oshirilgan (2 ta sarkarda nomi)?
37. “Barcha zodagonlarni bitta qoldirmay qirib tashlash” shiori bilan qo‘zg‘olon ko‘targanlarni bayrog‘ida nimaning tasviri bo‘lgan?
38. 1075-yilda tug‘ilgan allomaning Qur’on tavsiriga oid qanday asari mavjud?
39. “Set haqida qo‘shiq” dostoni yaratilgan davlatga qarshi Buyuk Karl nechanchi yil yurish qilgan?
40. Mansikert jangida g‘alaba qozongan hukmdor qaysi sulolaga mansub bo‘lgan?