1. Quyidagi qaysi yozuv turi tosh va yog‘ochlarga o‘yib yozishga nihoyatda qulay bo‘lgan?
A) so‘g‘d yozuvi B) ko‘k turk yozuvi C) baqtriya yozuvi D) uyg‘ur yozuvi
2. Quyidagilardan Urartu davlati hukmdorlarini aniqlang.
A) Sargon, Miltiad, Oshshurbanipal B) Sarduri I, Menua
C) Salamansar, Solomon D) Menua, Nexo, Salamansar
3. Qadimgi Xitoyda dehqon soliqlarni vaqtida to‘lay olmasa yoki qarzni qaytarib bera olmasa qanday jazoga mahkum bo‘lar edi? A) qarzlari evaziga o‘z bolalaridan birini berib yuborar edi
B) uch yil xotini, bolalari bilan birgalikda davlatga ishlab berar edi
C) uy-joylari musodara qilingan D) umrbod Buyuk Xitoy devori qurilishiga safarbat etililar edi
4. Yuliy Sezar dinorida qaysi hayvonning tasviri keltirilgan?
A) fil B) ot C) bo‘ri D) arslon
5. Rivoyatlarga qaraganda, qaysi hukmdor jang oldidan xristianlik ramzini o‘z askarlari qalqonlariga chizishga buyruq bergan va jangda g‘alaba qozongan?
A) Pontiy Pilat B) Feodosiy C) Konstantin D) Trayan
6. Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri milodiy IV asrga oid?
A) Qang‘ davlati tashkil topdi B) Yuechji qabilalari O‘rta Osiyoga bostirib kirdi
C) To‘xtovsiz urushlar natijasida Kushon davlati parchalanib ketdi
D) Qadimgi oromiy yozuvi kirib kela boshladi.
7. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
A) “Buyuk meridianal yo‘l” ga “Ipak yo‘li” degan nom berildi, Amudaryo xazinasi topildi
B) Frada qatl etildi, Doro I ning saklar ustiga yurishi boshlandi C) So‘g‘dda Spitamen boshchiligida qo‘zg‘olon boshlandi, Aleksandr So‘g‘diyonaning 120 ming tinch aholisini qirib yubordi
D) Yunon-Baqtriya uyechjilar tomonidan bosib olindi, Demetriy hukmronligi tugadi
8. Quyidagi qaysi davrda O‘rta Osiyoda tikuvchilik va to‘quvchilikka o‘tilgan?
A) paleolit davrida B) mezolit davrida C) neolit davrida D) eneolit davrida
9. Quyidagi sulolardan qaysi biri boshqalarida qaraganda ko‘proq hukmronlik qilgan?
A) Sun B) Abbosiylar C) U Day D) G‘aznaviylar
10. Mali hukmdori Makkaga haj safarini uyushtirgan yildan 500 yil o‘tib O‘rta Osiyoda … .
A) Amir nasrulla Buxoro amirligi taxtiga chiqdi B) Muhammad Rahimxon I Yangi Marv shahrini qurdirdi C) Pekinda Qo‘qon – Xitoy shartnomasi imzolandi
D) Amir Haydarga qarshi Dinnosir boshchiligida Marvda qo‘zg‘olon ko‘tarildi
11. 1425-yil Ulug‘bekning Mo‘g‘ullar ustidan g‘alabasi qayerda bo‘lgan edi?
A) Ili daryosi bo‘yida B) Talos vodiysida C) Issiqko‘l yaqinida D) Sirdaryo bo‘yida
12. Quyidagi hukmdorlarni hukmronlik qilgan davlati bilan muvofiqlashtiring.
1 Farasman A Eftallar
2 Mixirakula B Xorazm
3 Tug‘shoda C Panjikent
4 Divashtich D G‘azna
5 Sobuqtegin E Buxoro
A) 1-B, 2-A, 3-E, 4-C, 5-D B) 1-C, 2-A, 3-E, 4-B, 5-D C) 1-A, 2-B, 3-E, 4-C, 5-D
D) 1-B, 2-A, 3-D, 4-C, 5-E
13. Arab хаlifаligidаn birinchi mustаqil аmirlik qachon va qayerda tаshkil tоpdi?
A) VIII asr oxirida Old Osiyoda B) IX asr bosida Xurosonda
C) 751-yil Shimoliy Afrikada D) 756-yil Ispаniyadа
14. Qaysi dostonda хunnlаrning burgundlаr dаvlаtini tоr-mоr etishi vоqеаlаri tаsvirlаnаdi?
A) “Sid hаqidа qo‘shiq” B) “Nibеlunglаr hаqidа qo‘shiq”
C) “Rоlаnd hаqidа qo‘shiq” D) “Tulki haqida qo‘shiq”
15. Doro I taxtga chiqqanidan 1240 yil o‘tib … .
A) Farg‘onada Qutayba arab askarlari tomonidan o‘ldirildi B) Samarqanddan Xitoyga dubulg‘a sovg‘a sifatida jo‘natildi C) To‘n yabg‘u Turk xoqonligi taxtiga o‘tirdi
D) Turk xoqonligi Eftallar davlati hududiga bostirib kirdi
16. Quyidagi qaysi xalqlarda hukmdor tabaqa vakillari tlatoani deb atalgan?
A) mayya B) ink C) barbar D) astek
17. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.
A) Buxoroda Amir Nasrullo hukmronligi boshlandi, Braziliya Portugaliyadan ajralib chiqdi B) Yangi Marv shahriga asos solindi, Sukre boshchiligidagi Yuqori Peru qo‘shinlari ispanlarni tor-mor keltirdi C) Peru Ispaniya zulmidan uzil-kesil ozod bo‘ldi, Muhammad Rahimxon I Marvni bosib oldi D) Ispanlarga qarshi ozodlik kurashi rahbari Idalgo otib tashlandi, Qo‘qon xonligi taxtiga Umarxon o‘tirdi
18. Napoleon I Bonapart umrbod konsul lavozimiga tayinlanganidan 100 yil o‘tib … .
A) Angliya-Yaponiya o‘rtasida bitim imzolandi B) Antanta ittifoqi yuzaga keldi
C) Panama respublikasi vujudga keldi D) Avstraliya Angliyadan dominion huquqini oldi
19. 1842-1845-yillarda Qo‘qon xonligidagi qaysi shahar baland devor bilan o‘rab olingan?
A) Marg‘ilon B) Andijon C) Qo‘qon D) Namangan
20. XVIII asr boshlarida bunyod etilgan Shermuhammadbiy va Xoja Qurbonbiy madrasalari qaysi shaharda joylashgan? A) Karmana B) Kesh C) Toshkent D) Qarshi
21. Nepal davlati Sin sulolasi vassaliga aylarigan yilni aniqlang.
A) 1637-yil B) 1758-yil C) 1792-yil D) 1644-yil
22. Prussiya qirolligida Konstitutsiya joriy etilgan yilda …
A) Turkmanchoy shartnomasi imzolandi B) Fransiya Jazoirni bosib oldi
C) ikkinchi afyun urushi ro‘y berdi D) Eronda bobiylar qo‘zg‘oloni boshlandi
23. Mil.avv II mingyillikda Xitoyda vujudga kelgan Shan dalatining nomi nimadan kelib chiqqan edi?
A) hukmon sulola nomidan B) davlatning bosh shahri nomidan C) ushbu hududda yashagan qabila nomidan D) daryo nomidan
24. Xitoy solnomalarida yozilishicha, Dovon davlati janubda qaysi yerlar bilan chegaradosh bo‘lgan?
A) Qang‘ davlati yerlari B) Shi mulklari C) yuechjilar davlati yerlari D) so‘g‘diylar yerlari
25. Miloddan avvalgi VII asrda yashagan tarixiy shaxslarni toping.
A) Kir II, Minos, Navuxodonosor B) Tumaris, Skunxa, Frada C) Kiaksar, Drakont
D) Solomon, Navuxodonosor
26. Quyidagi voqealardan qaysi biri mil. avv. VI asr boshida yuz bergan?
A) Solon islohotlari o‘tkazildi B) Fors viloyatida ahamoniylar davlati tashkil topdi
C) Eron shohlari Kichik Osiyodagi yunon polislarini bosib oldilar
D) Aflnadan to Pirey dengiz portigacha mudofaa devorlari qurildi
27. Bir yilda vafot etgan hukmdorlarni aniqlang.
A) Ubaydullaxon II, Nodirshoh B) Napoleon I, Amir Haydar C) Abdullaxon II, Boris Godunov
D) Imomqulixon, Shoh Jahon
28. Berlin Napolion I qo‘shinlari tomonidan egallangan yili O‘rta Osiyoda … .
A) Eltuzar Amudaryo bo‘yida Buxoro qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchradi
B) Amir Haydarga qarshi Dinnosir boshchiligida Marvda qo‘zg‘olon ko‘tarildi
C) Qo‘qon xoni Olimxon o‘ziga “xon” rutbasini qabul qildi
D) Xiva xonligi taxtiga Eltuzarxon o‘tirdi
29. Ilk o‘rta asrlarda Xesi … .
A) Xitoyning shimoliy-g‘arbiy hududlari B) Sharqiy Turkiston C) Shimoliy Hindiston
D) Pomirning tog‘li hududlari
30. Qutayba tomonidan Xorazm diyori ikki qismga ajratilganidan yil 35 yil o‘tib … .
A) Marvon II xalifalik taxtiga o‘tirdi B) Abu Muslim Xurosonga keldi C) Nasr ibn Sayyor moliya islohatini o‘tkazdi D) Muqanna qozg‘oloni boshlandi
31. Boburiylarga qarshi kurashgan afg‘on qabilalarining yetakchisi Sherxon Sur qaysi hududda joylashib olgan edi?
32. Milodiy I asrda yashagan, Apinnin yarim orolidan bo‘lgan tarixchi O‘rta Osiyo tarixiga oid qanday asar yozgan?
33. Gellespont bo‘g‘ozi ustida ko‘prik qurdirgan hukmdor kimning vorisi hisoblanadi?
34. “Dunyo mo‘jizasi” deb nom olgan hukmdor tashabbusi bilan Rim papasi bo‘lgan shaxsning asl ismi nima?
35. Qunduzcha jangidan 100 yil o‘tib, qaysi davlat markazlashuvi yakunlandi?
36. “Tarixi Rashidiy” asarining muallifi bilan xolavachcha bo‘lgan hukmdor o‘zining shoh asarini nechanchi yillarda yozgan?
37. “Agar bizning qudratimizga ishonmasang, biz qurdirgan binolarga boq!” ushbu jumla yozilgan inshoot hozirgi qaysi shaharda joylashgan?
38. Harbiy taktika tarixida birinchi marta ot yonida piyoda jang qilish qaysi sarkardalar o‘rtasidagi jangda amalga oshirilgan (2 ta sarkarda nomi)?
39. XII-XIV asrlarda bunyod etilgan mashhur Piza minorasi necha metrni tashkil etadi?
40. Saripul qishlog‘i yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchrqagan hukmdorning farzandi yozgan asarni toping?