7-sinf Algebra 3-dars
06.05.2017
7-sinf Algebra 5-dars
06.05.2017
Show all

7-sinf Algebra 4-dars

Sana: __________
Sinf: 7-B
Fan: Algebra
4-Mavzu: Sonli ifodalar

Darsning texnologik xaritasi
1. Maqsad va vazifalar Ta’limiy maqsad: Sonli ifodalar, uning qiymati va sonli tengliklar haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni Vatanimiz mustaqilligini himoya qilish hamda bilim olishda tartib va intizomga rioya qilishga o‘rgatish
Rivojlantiruvchi maqsad: qo‘shimcha adabiyotlar va darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish
2. O‘quv jarayonini
amalga
oshirish texnologiyasi Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi;
Dars usuli: “Aqliy hujum” , “Klaster”, “Kichik guruhlarda ishlash”
Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid ko‘rgazmali vositalar
Nazorat turi: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish, test
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida
3. Kutiladigan natijalar O‘quvchilar yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Sonli ifodalar va uning qiymati haqida tushuncha berish. Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg‘or usullari vositasida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishiga erishadi. O‘quvchi faolligini oshiradi. O‘quvchilarda algebra faniga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.
4. Kelgusidagi rejalar O‘qituvchi: O‘qituvchi o‘z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
O‘quvchi: Mavzu yuzasidan beriladigan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon etadi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.
5. Uyga vazifa 7-8-9-misollar (9-va 10-bet)

uz_UZUzbek