7-sinf Algebra 2-dars
06.05.2017
7-sinf Algebra 4-dars
06.05.2017
Show all

7-sinf Algebra 3-dars

Sana: ____________
Sinf: 7-B
Fan: Algebra
3-Mavzu: 5-va 6-sinflarda o‘tilganlarni takrorlash

Darsning texnologik xaritasi
1. Maqsad va vazifalar Ta’limiy maqsad: 5 va 6 –sinflarda o‘tilgan mavzularni yodga olish
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni yangi bilimlarni egallashga va tartib-qoidaga rioya qilishga yo‘naltirish
Rivojlantiruvchi maqsad: Algebra faniga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish
2. O‘quv jarayonini
amalga
oshirish texnologiyasi Dars turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiruvchi;
Dars usuli: “Aqliy hujum” , “Klaster”,
Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid ko‘rgazmali vositalar
Nazorat turi: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish, test
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida
3. Kutiladigan natijalar Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg‘or usullari vositasida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishiga erishadi. O‘quvchi faolligini oshiradi. O‘quvchilarda algebra faniga nisbatan qiziqish uyg‘otadi.
4. Kelgusidagi rejalar O‘qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va darsga tadbiq etish takomillashirish, o‘z ustida pedagogik mahoratni oshirish.
O‘quvchi: Mavzu yuzasidan beriladigan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon etadi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.
5. Uyga vazifa 21-misol

Dars bosqichlari
T/r Bosqichlari Mazmuni Vaqti
1 Tashkiliy qism Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorgarligi.
Sinfda psixologik muhit yaratish. 3 daqiqa
2 O‘tilgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash O‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash hamda uyga vazifani tekshirish 5 daqiqa
3 Yangi mavzu bayoni Yangi mavzuning mazmunini tushuntirish. O‘quvchilarda yangi mavzuga nisbatan bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish. 34 daqiqa
4. O‘quvchilarni baholash va uyga vazifa berish, darsni yakunlash. Baholarni e’lon qilish,uyga vazifani tushuntirish. O‘quvchilar bilan xayrlashish. 3 daqiqa
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish va davomatni aniqlash b) Psixologik iqlim yaratish

II. Yangi mavzu bayoni:
12. Chinni idishning narxi 200 so‘mga arzonlashdi, so‘ngra yangi narx ham 10% ga arzonlashdi va endi idish 900 so‘mdan sotila boshladi. Idishning dastlabki narxini necha so‘m edi?
x so‘m – 100 %
900so‘m – 90 %
x=1000 so‘m
1000+200=1200 so‘m Javob: Idishning dastlabki narxi 1200 so‘m bo‘lgan.
13. Tadbirkor 1- va 2-nav mollarni sotib jami 5400 so‘m foyda qildi. 1-nav molning narxi 12000 so‘m edi, tadbirkor uni 15 % foydasiga sotdi. 2-nav moldan 20 % foyda ko‘rdi. 2-nav molning narxi necha so‘m. Ikkala nav molni sotib tadbirkor necha foiz foyda ko‘rgan.
1) 12000•0,15=1800
2) 5400-1800=3600
3) 3600:0,2=18000
4) 18000+12000+5400=35400
30000 – 100%
35400 – x%
x=118% Javob: 2-nav molning narxi 18000 so‘m. Ikkala nav molni sotib tadbirkor 18 foiz foyda ko‘rgan
14. To‘g‘ri to‘rtburchakning asosining uzunligi 20%, balandligi 25 % orttirilsa, uning yuzi necha foiz ortadi.
1,2a•1,25b=1,5ab
Javob: 50 % ortgan
1. Proporsiya deb nimaga aytiladi?
2. Proporsiyaning asosiy qoidasi haqida nimalarni bilasiz?
IV. O‘quvchilarni baholash:
Darsda foal qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa:
21-misol.
Ko‘rildi: _________________
O‘IBDO‘: I. Qodirov

Fan o‘qituvchisi: M. Kamolov

uz_UZUzbek