6-sinf Geografiya 1-chorak 3-variant
18.10.2017
Tests for the 6th form Term I
18.10.2017
Show all

6-sinf Geografiya 1-chorak 4-variant

1.Dunyo okeanida  ovlanadigan organizmlarning necha %ini dengiz sut emizuvchilari va suv o‘tlari tashkil etadi?

A. 10-12%    B.80%   C. 8-10%   D.10-14%

2.Hisob kitoblarga  qaraganda okean yuzasidan bir yilda necha metr qalinlikdagi suv bug‘lanadi?

A.1m  B.2m  C.3m   D.5m

3.Materik qirg‘ig‘ining  50 km gacha bo‘lgan qismida dunyo aholisining necha % i yashaydi ?

A. 20%   B.22%   C.25%   D.27%

4.Qaysi okeanda  cho‘kindi jinslarning qalinligi  chuqur botiqlarda 100-200 m ni tashkil etadi?

A. Atlantika    B. Hind   C. Shimoliy Muz   D. Tinch

5.Tinch okeanida okean tubi relyefi necha %ni tashkil etadi?

A.62,6 %   B.67,3%    C.68,6%    D.65,7%

6.Tonga va Karmadek cho‘kmalari qaysi okeanga tegishli .

A. Atlantika    B. Hind   C. Shimoliy Muz   D. Tinch

7.Organizmlarning turli-tumanligiga ko‘ra qaysi okean birinchi o‘rinda turadi?

A. Atlantika    B. Hind   C. Shimoliy Muz   D. Tinch

8.Tezligi  soatiga  30-50,ba’zan 100 km gacha boradigan va katta to‘lqinni yuzaga keltiruvchi shamol qaysi?

A. g‘arbiy shamollar     B.tayfun   C. sunami   D. hamsin

9.Quyidagilardan sovuq oqimni aniqlang.

A. Norvegiya     B.Kurosio    C.Labrador    D.Antil

10.Qaysi dengiz sohillari dunyo turizmida birinchi o‘rinda turadi?

A. Sargasso   B.O‘rta dengiz   C.Arabiston    D.Karib

11.Cho‘kindi jinslar qalinligi (5,5km) bo‘yicha qaysi okean oldingi o‘rinda turadi?

A. Atlantika    B. Hind   C. Shimoliy Muz   D. Tinch

12.Qaysi okeanning g‘arbiy qismida yoz va kuz oylarida kuchli dovullar bo‘lib turadi?

A. Atlantika    B. Hind   C. Shimoliy Muz   D. Tinch

13.Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirgan cho‘kindi jinslar ,okean markazida esa changsimon zarralar , biogen yotqiziqlar uchraydi.Gap qaysi okean haqida  aytilgan?

A. Atlantika    B. Hind   C. Shimoliy Muz   D. Tinch

14. Chirindiga boy  bo‘lmagan tuproqlarni toping .

A. allyuvial   B. qizil –sariq ferrolit   C.to‘q bo‘z  D. qora

15.Uzunligi 2000 km ga  teng suv osti tizmasini toping.

A. Mendeleyev   B.Bofort  C. Lomonosov   D.Nordensheld

16.Atlantika okeani dengizlarini belgilang .

A. Karib,Koro,Ross  B.Alboran,Seram,Flores  C.Baffin,Savu,Koro   D.Ioniya,Alboran,Baffin

17.Qaysi okeanda 11 ta dengiz mavjud?

A.Atlantika    B.Shimoliy Muz okeani  C.Hind   D. Tinch

18.Uchta davlat hududi joylashgan orolni toping .

A.Kalimantan    B.Britaniya   C.Yangi Gvineya   D.Gaiti

19.Nimaning qalinligi  o dan 1500 m gacha  boradi?

A.yer po‘stining    B. ko‘p yillik muzloq yerlarning

C. yer po‘sti bilan mantiya o‘rtasidagi platformaning   D. o‘rtacha kenglikdagi troposferaning

20.Yer yuzining 30°  kengliklaridan ekvatorga tomon esib , ekvator yaqinida g‘arb tomonga burilib ketadigan shamollarni belgilang .

A.musson   B.briz     C.g‘arbiy shamollar       D. passat

21.Tinch okeanining qaysi qismida cho‘kindi jinslarning qalinligi  500-600 m ni tashkil etadi?

A.chuqur botiqlarda       B.ekvatorial mintaqada       C. shelfda               D. shimoliy qismida

22. Tinch okeani  maydonining necha %ini okean tubi egallagan?

A.49,5            B.54       C.33,7          D.62,6

23. Shimoliy Muz okeani qaysi davrda Atlantika okeani tarkibiga kiritilgan edi?

A.XIX asrning o‘rtalarida  B. XIX asrning oxirlarida  C. XIX asrning boshlarida

D. XX asrning boshlarida

24. “Issiqlik mashinasi”ning harakat yo‘nalishi , tezligi kabi xususiyatlariga  Oy va Quyoshning tortishi hamda Koriolis kuchi ,hatto antropogen omil bilan birga yana nima ta’sir etadi?

A.yerning ichki energiyasi          B.shamollar       C.havo bosimi         D.yerning tashqi energiyasi

25. Tinch okeani dengizlarini belgilang.

A. Sului,Xalmaxer,Seram     B.Baffin ,Banda ,Ross      C.Yava,Bali,Azov    D. Sariq ,Qizil,Qora

Savollar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25
Javoblar C A D D A D D B C B B B C B C D C A B D B D C A A

 

 

uz_UZUzbek