8-sinfda Alisher Navoiyning «Kelmadi» radifli g‘azalini o‘ganish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf «Adabiyot» darsligida Alisher Navoiyning to‘rtta g‘azali va ikkita qit’asi o‘rganish uchun taqdim etilgan bo‘lib, dasturda bunga olti soat rejalashtirilgan. «Kecha kelgumdir debon…» g‘azalini o‘rganishga bir soat ajratish mumkin.
Darsning ta’limiy maqsadi:
- har bir baytning dunyoviy va ilohiy mazmunini tadqiq etish;
- g‘azaidagi umummilliy, umumbashariy g‘oyalar va shoir badiiy dahosi haqida ma’lumot berish;
- g‘azal haqida nazariy ma’lumot berishdan iborat.
Tarbiyaviy maqsadi : o‘quvchilarning ko‘ngillarini go‘-
zallikka oshno etish bilan ularni ezgulikka da’vat qilish, yovuzlikdan va qabohatdan qaytarisn ;
Rivojlantiruvchi maqsadi :
- o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini o‘stirish;
- so‘zning qudratini his etishga ko‘maklashish;
- asarning badiiy tahlili asosida o‘quvchilarni ma’naviy kamolot sari yo‘naltirish ;
Darsda aqliy hujum, klaster, ifodali o‘qish, badiiy tahlil, munozara, muhokama kabi usullardan foydalanildi.

